Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:44

Apple iCloud xizmatini ishga tushirmoqchi


Apple shirkati rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga iPhone 4 taqdim qilmoqda.
Apple shirkati rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga iPhone 4 taqdim qilmoqda.
Apple shirkati yangi iCloud (cloud - bulut tahr.) xizmatini ishga tushirmoqchi. iCloud 6 iyun kuni AQShning San Fransisko shahrida o'tadigan Apple Dasturchilari Yig'inida shirkat rahbari, bir necha oydan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan Stiv Jobs tarafidan e'lon qilinadi.

Apple shirkati tarqatgan ma'lumotga ko'ra, iCloud mediafayllar - foto, musiqa va kino olamida inqilobga asos solishi mumkin bo'lgan xizmatdir. iCloud foydalanuvchilari o'z mediafayllarini "cloud"larda, ya'ni onlayn fayl xazinalarida saqlab, hoxlagan joydan turib Internetga ulanadigan texnika orqali ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. iCloudning yana bir afzallik tarafi shuki, u foydalanuvchi kompyuteridagi mediafayllarni onlayn server bilan sinxronlashtirishi mumkin.

Bunday onlayn "jestkiy disk"lardan foydalanish narxi hali e'lon qilingani yo'q. Eslatamiz, shu xizmatga o'xshash MobileMe xizmatidan foydalanish yiligi 99 AQSh dollari turadi.

San Fransiskoda o'tadigan yig'inda Stiv Jobs iCloud xizmati bilan birga iPhone iOS 5 va Mac kompyuterlari uchun yangi operatsion tizim - Mac OS X Lion ni e'lon qiladi.
XS
SM
MD
LG