Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:45

AQSh Al-Zavahiriyni o‘ldirishni va‘da qildi


AQSh Ayman Al-Zavahiriy Al-Qoida guruhiga yangi yetakchi bo‘lganini qoraladi.

AQSh qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i admiral Mayk Mallen Al-Zavahiriyning taqdiri ham AQShning maxsus kuchlari tomonidan 2 may kuni Pokistonda o‘ldirilgan Al-Qoida rahbari Usama bin Ladinniki kabi bo‘lishini aytdi.

- U (Al-Zavahiriy) va uning tashkiloti bizga hozir ham tahdid solmoqda. Biz Usama bin Ladinni qo‘lga olish yoki o‘ldirish uchun qidiruv ishlari olib bordik va maqsadga erishdik. Biz Zavohiriy bilan ham xuddi shunday yo‘l tutamiz,- dedi admiral Mallen.

16 iyun kuni Al-Qoidaga aloqador veb-saytda e‘lon qilingan xabarga ko‘ra, misrlik Ayman Al-Zavahiriy Al-Qoida guruhiga yetakchi etib tanlangani bildirilgan.

Usama bin-Laden o‘ldirilguniga qadar Al-Zavahiriy Al-Qoida guruhida ikkinchi shaxs bo‘lgan.

Misrda tug‘ilgan, 60 yoshli Al-Zavahiriy mutaxasisligi bo‘yicha shifokor.

Hozir Al-Zavahiriyning qayerda ekanligi aniq emas, unga nisbatan xalqaro qidiruv e‘lon qilingan.

Uning Pokiston bilan Afg‘oniston chegarasidagi hududlarda yashiringani taxmin qilinadi.

AQSh Ayman Al-Zavahiriy qayerdaligi haqidagi ma‘lumot uchun 25 million dollar mukofot berishni va‘da qilgan.
XS
SM
MD
LG