Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:31

AQSh amerikaliklarni O‘zbekistonda terror xurujlar ehtimolidan ogohlantirdi


AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni “O‘zbekistonda terror xurujlari va tartibsizliklar” ro‘y berishi ehtimollaridan ogohlantirdi.

AQSh diplomatik idorasi 25 aprel kuni tarqatgan bayonotda “O‘zbekistonga safar qilayotgan AQSh fuqarolari ehtiyotkorlik choralarini oshirishlari” tavsiya qilinadi. Mazkur ogohlantiruv 2010 yilning 22 iyul kuni e‘lon qilingan tavsiyaning o‘rninga e‘lon qilindi.

Unda “AQSh hukumati terrorchi guruhlarning O‘zbekistonda xurujlar, jumladan amerika manfaatlariga qarshi hujumlar amalga oshirishi ehtimollari borligiga ishora qiluvchi razvyedka ma‘lumotlarini olayotgani” aytiladi.

Mintaqada eng ashaddiy ekstremist guruhlar orasida O‘zbekiston Islomiy Harakati, Al-Qoida, Islomiy Jihod Ittifoqi va Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati tashkilotlarining nomi keltiriladi. “Mazkur guruhlar aksil-amerika ruhdagi chiqishlar va AQSh manfaatlariga qarshi hujumlar amalga oshirgani bilan tanilgan”, deyiladi davlat departamenti ogohlantiruvida.

Shuningdek, hujjatda aytilishicha, O‘zbekiston rasmiylari xavfsizlikni ta‘minalsh choralarini kuchaytirgan. “Bu esa terrorchilarning osonroq nishonlarni qidirishga majbur qiladi”, deyiladi ogohlatiruvda.

AQSh fuqarolari har qanday shubhali harakat haqida mahalliy rasmiylar va AQSh elchixonasiga xabar berishlari ham tavsiya qilingan.
XS
SM
MD
LG