Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:39

AQSh ballistik raketalari Rossiyanikidan ko‘p


AQShning uzoq masofaga uchadigan ballistik raketalari va yadroviy kallaklari soni Rossiyanikidan 30 foizga ko‘pdir.

AQSh Davlat departamenti e‘lon etgan yangi hisobotda bu haqda ma‘lumotlar keltirilgan.

Yangi e‘lon etilgan raqamlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 882 ta qit‘alararo uchadigan ballistik raketasiga ega. Rossiyada esa 521 shunday raketa bor.

Shuningdek, AQSh arsenalidagi yadroviy kallaklar soni bugungi kunda 1800 donani tashkil etadi, Rossiya ixtiyorida esa 1537 ta yadroviy kallak mavjud.

5 fevralda AQSh va Rossiya ismzolagan Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi bitim tomonlarga o‘z arsenalidagi yadroviy qurollar haqida ma‘lumot berish majburiyatini yuklagan.
XS
SM
MD
LG