Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:56

AQShning 2012 yilgi Green Card lotoreyasi qayta o‘ynaladi


AQSh ning 2012 yil uchun e‘lon qilingan Green Card lotoreyasi qayta o‘ynaladigan bo‘ldi.

AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida chop etilgan xabarga ko‘ra, DV-2012 tanlovi natijalariga oid may oyi boshida e‘lon qilingan ma‘lumotlar bekor qilingan.

AQSh davlat kotibining Viza xizmati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Devid T. Donahyuning aytishicha, bunga bu yilgi Green Card lotoreyasi tanlovining noxolis o‘tgan, deb topilgani sabab bo‘lgan.
2011 yili 5091 o'zbekistonlik Green Card egasi bo'lgan edi.

Shu munosabat bilan AQSh Davlat departameni va turli davlatlardagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ham o‘tgan yili oktabr-noyabr oylari oralig‘ida Green Card lotoreyasiga hujjat topshirganlardan uzr so‘rab, qayta o‘tkaziladigan tanlov natijasi shu yilning 15 iyuliga qadar e‘lon qilinishini aytmoqdalar.

Har yili "sehrli yurt" atalmish AQShga borishni istagan o'zbekistonliklar soni oz emasligi haqida yozgan edik. Green Card lotoreyasini yutayotgan o'zbekistonliklarning soni ham oz emas. 2010 yili 4059, 2011 yili esa 5091 o'zbekistonlik Green Card lotoreyasini yutib olishgan edi. Qizig'i shundaki, mintaqadagi davlatlarga solishtiradigan bo'lsak O'zbekistonga beriladigan kvota 10-15 marotaba yuqoridir. Masalan, 2011 yili Qirg'izistondan 196, Qozog'istondan 370, Tojikistondan 257 va Turkmanistondan 135 odam Green Card egasi bo'lgan edi.

AQSh davlat kotibining Viza xizmati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Devid T. Donahyuning DV-2012 tanlovi natijalarini bekor qilinishi bo'yicha bergan video-chiqishi:

XS
SM
MD
LG