Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:11

AQSh Federal Tergov Byurosi iPhone uchun dastur yasadi


AQShning Federal Tergov Byurosi (FTB) iPhone rusumidagi mobil telefonlari uchun yasalgan o'zining ilk rasmiy dasturini e'lon qildi. "FBI Child ID" nomli ushbu dastur ota-onalarga o'z bolalari havfsizligini ta'minlashda yordam berishi aytilmoqda.

"FBI Child ID" dasturi orqali ota-onalar o'z farzandlari haqidagi ma'lumotni markazlashtirilgan va FTB ma'lumotlar bazasiga biriktirilgan serverga yuklashadi. Bu ma'lumot bolaning ismi, surati, yoshi, adresi va boshqa tashqi berlgilarini o'z ichiga olishi aytilmoqda. Dastur ichidagi atayin tugmacha bosilganda esa bu ma'lumot bir zumda FTBga yuboriladi. Agar bolaga biror kor-hol bo'lgan taqdirda, masalan u yo'qolib qolsa, huquq-tartibot organlari tezda bola haqidagi dastlabki ma'lumotga ega bo'lishadi. Bu esa izlash jarayonining ilk soatlarida katta yordam beradi, deyiladi FTB dasturining ta'rifida.

"FBI Child ID" dasturi ota-onalarga farzandi yo'qolganda nima qilish keraklarigi bo'yicha bir qator foydali maslahatlar ham beradi. Undan tashqari dastur orqali ota-onalar mahalliy politsiya idorasi va yoqolgan bolalarni izlashga ixtisoslashgan "National Center for Missing & Exploited Children" idorasiga sim qoqishlari mumkin.

Ayni damda yangi dastur faqat Apple shirkatining iPad plansheti, iPod Touch pleyeri va iPhone rusumidagi qo'l telefonlarida ishlatilishi mumkin. Biroq dastur ishlab chiquvchilarning aytishicha, ayni damda ular dasturni qolgan ishlash tizimlariga moslastirish ustida ish olib borishmoqda.

"FBI Child ID"ni tekshirib ko'rgan foydalanuvchilarning deyarli barchasiga dastur yoqib tushganga o'xshaydi. Shunda qaramasdan u kamchiliklardan holi emas. "Dasturni parol bilan berkitib bo'lmaslik bola haqidagi ma'lumotni uchinchi shaxslar qo'liga tushish ehtimolini oshiradi", deydi FTB dasturini tekshirib ko'rganlardan biri.
XS
SM
MD
LG