Линклар

AQSh kongressmeni Twitter orqali "ishqiy munosabat"da bo'lganligini tan oldi


AQSh kongressi a'zosi Entoni Uayner matbuot yig'inida o'z qilmishlaridan afsusdaligini aytdi.

AQSh kongressi a'zosi Entoni Uayner matbuot yig'inida o'z qilmishlaridan afsusdaligini aytdi.

AQSh kongressi a‘zosi Entoni Uayner internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini noloyiq tarzda tutganligini e‘tirof qildi.

Shu kungacha xakerlar hujumiga ro'kach qilib kelayotgan Entoni Uayner chindan ham Twitter sahifasi orqali o'zining yarim yalang'och suratlarini bir qator ayollarga jo'natganini tan oldi

Bundan oldin matbuotda berilgan xabarlarga ko‘ra¸ Uaynerning ayollarga yo‘llagan suratlarida mo‘tadil shahvoniy hislar aks etgan. Bu suratlarda kongressman ichki ishtonda bo‘lgani aytiladi. Biroq Uayner bu tafsilotlarni rad qilib, noma'lum xakerlar hujumiga nolib kelayotgan edi.

- Men bu haqda yolg'on gapirganimdan afsusdaman. Men o'zimni qo'ygani joy topolmadim. Sharmanda bo'ldim. Men rafiqamni himoya qilishga urindim. Men o'zimni sharmandalikdan himoya qilishga harakat qildim, - deydi kongressmen Entoni Uayner dushanba kuni bergan bayonotida.

Kongressmen Entoni Uaynerning ijtimoiy tarmoqlar orqali ayollarga yuborgan suratlaridan biri.
Uaynerning aytishicha, uning 27 may kuni Sietl shahrida istiqomat qiluvchi talaba Jenet Kordovaga Twitter orqali jo'natgan o'zining yarim yalang'och surati "hazildan boshqa narsa emas".

46 yoshli kongressmen Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali ham bir qator ayollar bilan virtual ishqiy munosabatlar yuritganini ham e‘tirof qildi.

Ayni paytda bu tafsilotlarni tan olgan kongressmen bu ayollar bilan faqat internetda shakarguftorlik qilganini urg‘ulab¸ ular bilan jisman yaqin bo‘lmaganini bildirdi.

Entoni Uaynerning aytishicha, u o'z lavozimidan ketmaydi va 2012 yilga belgilangan saylovlarda yana bir bor o'z nozodini qo'yadi.

Uayner bu voqeaning AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton idorasida referent bo‘lib ishlaydigan rafiqasi Huma Abedin bilan ajralishga olib bormasligiga jamoatchilikni ishontirdi.

Eslatamiz, o'tgan yilning iyul oyida kongressmen Entoni Uayner Xillari Klinton yaqin yordamchilaridan biri Huma Abedinga uylangan edi. Shunday qilib, Uayner AQSh kongressida musulmon ayolga uylangan yagona yahudiy kongressmenga aylangan edi.
XS
SM
MD
LG