Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:21

AQSh Liviyadagi amaliyotlarda "Predator"larni ishga solmoqda


Uchuvchisiz boshqariladigan "Predator" uchqichlari bomba tashlash va razvedka ishlarida foydalanib keladi.
Uchuvchisiz boshqariladigan "Predator" uchqichlari bomba tashlash va razvedka ishlarida foydalanib keladi.
AQSh uchuvchisiz boshqariladigan "Predator" rusumidagi ikkita uchqichini Liviyaga jo‘natmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts bu haqda ma‘lum qildi.

O‘zi bilan Hellfire raketalarini olib yuruvchi va Muammar Qaddafiy pozitsiyalarini aniq nishonga olishga qodir "Predator" uchqichlarini Liviyadagi amaliyotlarga jalb etish haqdagi qarorni payshanba kuni prezident Barak Obama maqullagandi.

AQSh prezidenti Obama: "Noyob imkoniyatga ega ekanmiz, uni ishga solish kerak", deb aytgan.

- “Predator” uchqichlarini Liviyaga yuborish qarorini Obama ma‘qulladi va bugun uchqichlar birinchi parvozlarini amalga oshirishga kirishdi. O‘ylaymanki, bu bizga yana ham keng imkoniyat beradi,- dedi AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts.

Donasinign narxi 4,5 million AQSh dollariga teng uchuvchisiz boshqariladigan “Predator” uchqichlaridan AQSh harbiylari Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi amaliyotlarda bomba tashlash va razvedka ishlarida foydalanib keladi.
XS
SM
MD
LG