Линклар

AQSh davlat kotibi Hillari Klinton o‘z davlati¸ Misrdagi “Musulmon birodarlar” islomiy harakati bilan cheklangan muloqotlarni yo‘lga qo‘yganligini bildirdi.

Vyengriyaga rasmiy tashrifi chog‘ida poytaxt Budapeshtda chiqish qilgan Klinton¸ Muborakdan keyingi Misrdagi demokratik o‘zgarishga moyil bo‘lgan barcha siësiy kuchlar bilan hamkorlikdan Vashington manfaatdor ekanlini bildirdi:

- Bu muloqotlar davomida biz demokratik tamoyillarga rioya qilish haqida gapirdik. Shuningdek, biz zo‘ravonlikdan voz kechish¸ kam sonli guruhlar huquqlarini himoya qilish haqida ham to‘xtaldik. Biz demokratik jarayonlarda aëllar ishtiroki dolzarb ekanini ham eslatdik¸ - dedi Xillari Klinton.

“Musulmon birodarlar” tashkiloti sobiq prezident Muborak davrida Misrda taqiqlab qo‘yilgan edi.

Shu yil sentabrga mo‘ljallangan Misr parlamenti saylovlarida “Musulmon birodarlar” tashkiloti ham ishtirok etishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG