Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:18

AQSh Pokistonni bin Ladinga yordam berganlikda gumon qilmoqda


Usama bin Ladin 1 may kuni o‘ldirildi.
Usama bin Ladin 1 may kuni o‘ldirildi.
Qo‘shma Shtatlar Pokiston Usama bin Ladinga uzoq vaqt davomida yashirinib yurishga yordam berganmi, degan savol “tagiga yetishini” va‘da qilmoqda.

Kecha Oq uyning aksil-terror masalalari bo‘yicha rahbari Jon Brennan Pokiston Prezidenti Osif ali Zardoriy Islomobod Al-Qoida yetakchisini yashirmaganini ta‘kidlaganiga qaramsadan, ana shunday bayonot bilan chiqish qildi.

Oq uy shuningdek, bin Ladinning o‘ldirilishiga oid ba‘zi tafsilotlarni ham oshkor qildi. Xususan, AQSh Prezidenti Barak Obamaning matbuot vakili Jey Karni Al-Qoidaning sobiq yetakchisi yakshanba kuni boshiga otib o‘ldirilgan paytda qurolsiz bo‘lganini ma‘lum qildi. AQSh kuchlari bostirib kirganda bin Ladin qarshilik ko‘rsatganini ta‘kidlagan Karni, u qanday tarzda qarshilik ko‘rsatganini aniqlashtirmadi.
XS
SM
MD
LG