Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:58

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda iftorlik berdi


AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda kecha diplomatlar va Kongress a‘zolariga iftorlik berdi.

Mehmonlar ro‘yxatida Kabinet kotiblari, Kongress a‘zolari, Islomiy davlatlar elchilari va Islomiy tashkilotlar rahbarlari bor edi.

2001 yil 11 sentabr terror hujumlarining 10 yilligi arafasida o‘tkazilgan bu tadbirda Obama uch mingga yaqin odam o‘limiga sabab bo‘lgan Nyu York va Vashingtonda Al Qoida amalga oshirgan hujumlarda amerikalik musulmonlar ham nobud bo‘lganini esga oldi.

Barak Obama prezidentlikka saylanganidan buyon har yili Ramazon oyi iftorlik tadbiriga mezbonlik qiladi.

AQShga sakkiz yil rahbar bo‘lgan sobiq prezident Jorj Bush ham har yili iftorlik bergan.
XS
SM
MD
LG