Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:35

AQSh. Tornado qurbonlari 116 kishiga yetdi


AQShning markaziy shtatlarida yakshanba kuni ro‘y bergan tornado oqibatida nobud bo‘lganlar soni 116 kishiga, tan jarohati olganlar 400 kishiga yetdi. Bu haqda rasmiylar bayonot berdi.

Missuri shtatidagi 50 ming aholi yashaydigan Jolpin shahridagi binolarning 50 foizi vayron bo‘lgani aytilmoqda.

Bir necha hafta oldin AQShning yettita shtatida ro‘y bergan tornadolar paytida 330dan ortiq odam nobud bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG