Линклар

logo-print
AQShning Birmingem shahrida o‘zbekistonlik 23 yashar Saodat Eshpo‘latova qochib ketgani taxmin qilinmoqda. U International Visitors Council of Metro Detroit dasutri bo‘yicha AQShga borgan guruh safida bo‘lgan.

Hometownlife.com sayti xabariga ko‘ra, Saodat yakshanba kunga belgilangan tadbirga kelmagan. Keyinroq uning chamadoni ham o‘zbekistonliklar joylashgan yotoqxonadan g‘oyib bo‘lgani aniqlangan.

Birmingem shahriga Saodat bilan birga borganlar uning yo‘qolgani haqida sayohatni uyushtirgan International Visitors Council of Metro Detroit shirkatiga xabar qilib bu to‘g‘rida politsiyaga murojaat qilishni so‘raganlar.

Birmingem politsiyasi boshlig‘i Terri Kiyernanga ko‘ra, Saodatning Nyu Jersida qarindoshlari bo‘lgan va yaqinlari bilan 11 mart kungi suhbatda u sayyohlar guruhini tark etish niyatida ekaniga ishora qilgan.

Politsiya zobiti yonida pasporti va puli ko‘p bo‘lmagan Saodat Eshpo‘latova yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgani va qidiruvga berilganini qo‘shimcha qildi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG