Линклар

logo-print
AQShdagi harbiy qurollar ishlab chiqaradigan eng yirik Lockheed Martin shirkatining ma‘lumot tizimlari tarmog‘iga kibernetik hujum uyushtirildi.

Bu ma‘lumotni Lockheed Martin shirkati va AQSh Mudofaa vazirligi tasdiqladi.

Yirik shirkatga qarshi kibernetik hujum qayerdan uyushtirilgani to‘g‘risida hozircha ma‘lumot tarqatilmadi.

Lockheed Martin e‘lon qilgan bayonotda shirkatning axborot xavfsizligini ta‘minlovchi guruh kibernetik hujum 21 may kuni uyushtirilganini aniqlagani bildirilgan.

Bayonotda himoya choralari ko‘rilgani natijasida shirkatning tizimiga ziyon yetmagani va hujumchilar “hech bir mijoz, dastur yoki xodimga oid ma‘lumotlar”ni qo‘lga kirita olmagani bayon qilingan.

AQSh Mudofaa vazirligi kibernetik hujumning Pentagonga ta‘siri “minimal” ekanini va u salbiy oqibatlarga ega emasligini ma‘lum qildi.

Lockheed Martin shirkati F-16, F-22 va F-35 rusumidagi jangovor uchqichlar va boshqa turdagi ko‘p milliard dollarlik qurol-aslahalar ishlab chiqaradigan dunyodagi eng yirik shirkat hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG