Линклар

logo-print

"Arsenal" 17 yoshli futbolchi uchun 20 million dollar to'lamoqchi


"Arsenal" uchun o'tgan mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlagan edi.

"Arsenal" uchun o'tgan mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlagan edi.

Londonning "Arsenal" futbol klubi 17 yoshli "Southampton" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chamberlenni sotib olish niyatida ekanini e'lon qildi. Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko'ra, transfer narxi 20 million AQSh dollariga yetishi mumkin.

Kelasi haftada 18 yoshini qarshi oladigan Oksleyd-Chamberlen ayni damda Angliyaning uchinchi divizionida "Southhampton" klubi tarkibida to'p suradi. O'tgan mavsumda u professional futbolda ilk bor maydonga chiqdi va mavsum davomida 36 ta uchrashuv o'tkazib, ularda o'nta gol urgan va ikki golga assistentlik qilgan edi.

Ushbu transfer o'tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan "Arsenal" tarkibiga yangi kuch olib kelishga qaratilgan, deydi futbol mutahassislari. Biroq "Arsenal" fanatlarining aksari bunga shubha bilan qaramoqda.

- Oksleyd-Chamberlen nima yangilik olib keladi? U yosh va uning ochilishiga 4-5 yil vaqt ketishi mumkin. [Bosh murabbiy] Venger yana bir bor kelajakga reja qurmoqda. Hozirchi, Arsen Venger? Hozir nima qilamiz?, - deydi "Arsenal" klubi ishqibozlaridan biri.

Angliya premyer-ligasining 2010/2011 mavsumida "Arsenal" to'rtinchi o'rinni egallagan edi. 2011 yilgi Chempionlar ligasida esa nimchorak finalda chempionat go'libi "Barselona" klubiga mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqishga majbur bo'lgan edi.

Eslatamiz, "Arsenal" klubining yirik xissadorlaridan biri Namangan viloyatida tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovdir. Joriy yilning boshida Usmonovga tegishli "Arsenal" klubi aksiyalarining qismini 29 foizga yetgan edi.
XS
SM
MD
LG