Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:43

"Arsenal" futbol klubi Odil Axmedovga qiziqish bildirmoqda


O'zbekiston term jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov Xitoy terma jamoasi hujumchisi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Qatar, 2011.
O'zbekiston term jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov Xitoy terma jamoasi hujumchisi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Qatar, 2011.
London futbol klubi "Arsenal" ayni damda Rossiya premyer-ligasining "Anji" klubida to'p surayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Odil Axmedovga qiziqish bildirayapti.

Bu haqda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov Meksikda o'tadigan o'smirlar Jahon chempionatiga safarga chiqayotgan O'zbekiston terma jamoasi (U-17) bilan uchrashuvida xabar berdi.

- Bunga O'zbekiston milliy terma jamoasining 2011 yilgi Osiyo kubogida qilgan muvaffaqiyatli chiqishi sharofati bilan erishildi, - deya Mirabror Usmonovdan iqtibos keltiradi REGNUM axborot agentligi.

12.uz axborot portalining xabar berishicha, Mirabror Usmonov Londonning yana bir klubi - "Tottenhem" ham o'zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildimoqda. Biroq O'FF prezidenti aynan kim ustida gap ketayotgani haqida ma'lumot bermadi.

Eslatamiz, Toshkentning "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi 23 yoshli Odil Axmedov O'zbekiston terma jamoasi 2011 yilgi Osiyo kubogida 4-o'rinni olgandan so'ng Maxachkalaning "Anji" klubiga bir yilga ijaraga berilgan edi. Ayni damda Axmedov taniqli braziliyalik futbolchi Roberto Karlos bilan "Anji" tarkibida muvaffaqiyatli to'p surmoqda.
XS
SM
MD
LG