Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:01

SHOSHILINCH: Roppa-rosa 5 yil muqaddam otib ketilgan Obid qori Nazarov tuzalib gapira boshladi


Обид қори Назаров
Обид қори Назаров

Bundan besh yil muqaddam suiqasd amalidan omon qolgan Obid qori Nazarov gapira boshladi. Bu haqda Ozodlikka 59 yashar Nazarovning o‘g‘li Dovud Nazarov ma’lum qildi.

O‘zbekiston hukumatining ashaddiy tanqidchisi, taniqli diniy ulamo Obid qori Nazarov 2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida otib ketilgan, o‘q uning boshiga tekkan edi.

Yaralanganidan buyon o‘tgan 5 yil davomida Obid qori Nazarov maxsus tibbiy va xavfsizlik nazorat ostida qolmoqda.

O‘tgan yil martida Shvetsiya shimolidagi Sundsval shahar sudi Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasdni amalga oshirishda aybdor, deb topilgan Yuriy Jukovskiyga umrbod qamoq jazosini berdi.

Nazarovning yaqinlari hukmdan qoniqqani, ammo buyurtma qotillik ortida turgani da’vo qilingan O‘zbekiston siyosiy rejimining vakillari jazolanishini talab qilishda davom etmoqda.

21 fevral kuni Ozodlik veb sahifasida Obid qori Nazarovning so‘nggi fotosuratlari va uning o‘g‘li Dovud Nazarov bilan video suhbatni tomosha qilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG