Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:05

Arsenal futbol klubi AQSh tadbirkori qo‘liga o‘tadi


Amerikalik tadbirkor Sten Kronke Britaniyaning Arsenal futbol klubi aksiyalari nazorat paketini qo‘lga kiritish arafasida.

VVS tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, Sten Kronke 370 million dollar evaziga nazorat paket sohibi bo‘ladi. Ayni paytda Kronke Arsenal klubing 30 foiz aksiyasiga ega.

Arsenal futbol klubi aksiyalarining 20 foizi rossiyalik o‘zbek tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli.

Sten Kronke (Enos Stanley Kroenke) 1947 yilda AQShning Missuri shtatida tavallud topgan. Uning rafiqasi En Kronke (Ann Kroenke) AQShdagi taniqli Wal-Mart do'konlari asoschilaridan birining qizi. Sten Kronke AQShdagi bir qator sport klublari egasidir.
XS
SM
MD
LG