Линклар

Namangan viloyatida tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Britaniyaning “Arsenal” futbol klubi aksiyalarining o‘ziga tegishli qismini ko‘paytirib, 29 foizga yetkazdi.

Xabarlarga qaraganda, “Arsenal” aksiyalarining 66 foizi shu kunda amerikalik sport magnati Sten Kronkening qo‘lida. U aksiyalarni klub direktorlari kengashi a‘zolaridan sotib olmoqda.

Sten Kronke Alisher Usmonovga hozircha klub direktorlari kengashi a‘zoligini taklif qilgani yo‘q.

Joriy futbol mavsumini "Arsenal" klubi yutuqlarsiz yakunlayatgani bois Alisher Usmonov klub rahbariyatini ish yuritishni bilmaslikda ayblab, qattiq tanqidga olgan edi.

Eslatamiz, Buyuk Britaniya premyer-ligasining 2010/2011 mavsumida "Arsenal" to'rtinchi o'rinni egalladi. 2011 yilgi Chempionlar ligasida esa nimchorak finalda chempionat go'libi "Barselona" klubiga mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqishga majbur bo'lgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG