Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:53

Peterburgdagi politsiya bo‘limida 39 yashar o‘zbek muhojiri o‘ldirildi


Sankt-Peterburgning Pushkinskiy tuman politsiya bo‘limida 28 yanvarga o‘tar kechasi 39 yashar o‘zbek muhojiri o‘ldirilishi yuzasidan jinoy ish ochildi. Jinoyatda boshqa odamni o‘ldirganlikda ayblanib, politsiyaga keltirilgan retsidivist jinoyatchi ayblanmoqda.

Muhojirni retsidivist urib o‘ldirdi

28 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Pushkinskiy tumani politsiya bo‘limi kamerasida o‘ldirilgan 39 yashar o‘zbekistonlik bu yerga migratsiya qoidalarini buzgani uchun tekshiruvga olib kelingani to‘g‘risida, Ozodlik so‘roviga javoban, Sankt-Peterburg shahar politsiyasi boshqarmasi vakili ma’lum qildi.

- Bu hodisa yuzasidan Jinoyat Kodeksining 105- moddasi 1- qismi – “qotillik” asosida jinoiy ish ochildi. O‘ldirilgan odamning shaxsi aniqlandi. O‘zbekistonlik migratsiya qoidalarini buzgani uchun politsiya bo‘limiga olib kelingan edi. Tergov bilan Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi shug‘ullanmoqda, dedi Vyacheslav Stepchenko.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilning 28 yanvarida tungi soat 3 larda Pushkino shahriga qarashli tuman politsiya navbatchilik bo‘limi hibsxonasida o‘ldirilgan shaxs 1977 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston vatandoshdir.

O‘ldirilgan o‘zbekistonlikning shaxsiga oid ma’lumotlar, jumladan uning ism-familiyasini politsiya ochiqlamadi.

Jinoyatni sodir etganlikda kamerada bo‘lgan 24 yashar peterburglik shaxs ayblanmoqda. Bu shaxs oldinroq boshqa qotillikni sodir etganlikda ayblanib, politsiya xodimlari tomonidan ushlangani aytildi.

Tergov qo‘mitasida o‘ta xavfli retsidivist-jinoyatchining ma’muriy qonunbuzarlik uchun keltirilgan o‘zbekistonlik bilan bir kameraga joylashtirilgani sabablari tekshirilayotganini bildirishmoqda.

Tergovchilarning dastlabki xulosasiga ko‘ra, retsidivist-jinoyatchi o‘zi o‘tirgan “obezьyannik”ka joylashtirilgan o‘zbek muhojiri bilan gap tortishib qolgan va yuzaga kelgan janjal ustida uni qo‘l va oyoqlari bilan urib o‘ldirib qo‘ygan.

Muqaddam sudlangan ayblanuvchiga ikkinchi qotillikni sodir etganlikdagi ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Politsiya asossiz qamayapti!"

Ozodlik so‘nggi paytlarda Rossiyaning yirik shaharlarida politsiya bo‘limlariga asossiz keltirilayotgan muhojirlar soni ko‘payib borayotgani to‘g‘risida gapirib kelmoqda.

Rossiya politsiyasi berayotgan jarima qog‘ozlar
Rossiya politsiyasi berayotgan jarima qog‘ozlar

Moskvaning Podolsk shahrida mehnat qilib kelayotgan Elbek politsiya shu tariqa mahalliy byudjet tushumlarini oshirayotganini taxmin qildi.

- Hamma hujjatlari borlarni ham olib kirib, deportatsiya qivorayapti! Bularni registratsiya qilgan kampirning dachasida ushlagan. “Sen registratsiya bo‘yicha yashamayapsan!”, deyapti. “Birinchi-ikkinchi marotaba hech narsa qilmayapti – deportatsiya bo‘lmaysan!”, debdi. Tushunmayapman nimaga bular bunday qilayapti. Ham patent to‘la, ham kvartplata to‘la, ham magazinidan narsa sotib olib byudjetiga pul tushir, bularni biznesini rivojlantir, kamiga – militsiyaga shtraf to‘la. Juda ko‘payib ketgan oxirgi paytda asossiz ushlashlar, ilgari 500-1000 rubl berilib qutilardik, hozir juda qattiq bo‘lib qoldi, dedi Elbek.

Элбек билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG