Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:33

Aviahalokatda o‘zbekistonliklar nobud bo‘ldi


Rossiyaning IL-76 rusumidagi yuk tashuvchi samolyot.
Rossiyaning IL-76 rusumidagi yuk tashuvchi samolyot.
Afg‘onistonda halokatga uchragan Il-76 rusumidagi yuk tashuvchi samolyot ekipaji orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Xabarlariga ko‘ra, Ozarbayjonning “SilkWay” aviashirkatiga qarashli samolyot chorshanbaga o‘tar kechasi tog‘ga urilib yerga qulaganidan so‘ng yonib ketgan.

Ozodlik bog‘langan SilkWay shirkati rasmiysi Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotning nobud bo‘lgan ekipaj a‘zolaridan to‘rt nafari o‘zbekistonliklar ekanini aytdi.

- Ekipaj to‘qqiz a‘zodan iborat bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari o‘zbekistonliklar. Biz ekspertiza komissiyasini tuzdik. Ular Afg‘onistonga jo‘nab ketadi. Hozircha bu to‘g‘rida boshqa hech narsa ayta olmaymiz, - dedi o‘z ismini aytmagan shirkat vakili.

Afg‘onistonning Parvan viloyati hokimi Bashar Salangi aytganiga asoslanib Ozarbayjondagi Trend axborot agentligining xabar qilishicha, halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topilgan.

Salangi uchuvchilar jasadlari kuyib ketgani bois ularning shaxsini aniqlash imkonsiz ekanini ma‘lum qilgan.

Ayni paytda SilkWay shirkatining rasmiy saytida samolyot ekipaj a‘zolarining ism-shariflari e‘lon qilindi. Ular:

1. Kuzmin Sergey Viktorovich-kapitan (O‘zbekiston)
2. Morshixin Oleg Dmitriyevich-ikkinchi uchuvchi (Ozarbayjon)
3. Chjen Igor Aleksandrovich-shturman (O‘zbekiston)
4. Shatobin Vladimir Gennadevich (O‘zbekiston)
5. Xo‘jayev Ahmadjan Karimovich (O‘zbekiston)
6. Mahmudov Elnur Arastun o‘g‘li (Ozarbayjon)
7. Gaxramanov Taptыg Agamammad o‘g‘li (Ozarbayjon)
8. Ragimov Afgan Avaz o‘g‘li(Ozarbayjon)
9. Guseynov Mexman Djafarov o‘g‘li(Ozarbayjon)

Afg‘onistonning Parvan viloyati ma‘muriyati rasmiysi Abdulhalim Mujaddadiy samolyot janggarilar tomonidan urib tushirilgani haqidagi toliblar bayonotini rad qildi.

NATO yetakchiligidagi xalqaro kuchlar matbuot vakili, Britaniya armiyasi mayori Tim Jeyms koalitsiya kuchlariga tegishli bo‘lmagan Il-76 samolyoti dengiz sathidan 3,800 metr balandlikda, tog‘li mintaqada halokatga uchraganini bildirdi.

Ozarbayjon Fuqaro aviatsiyasi vakili halokat ro‘y berishidan oldin samolyotda texnik nuqson borligi to‘g‘risida ekipaj a‘zolaridan ma‘lumot olinmaganini bildirdi.

Unga ko‘ra, samolyot texnik jihatdan soz bo‘lgan va joriy yilda ikki marta texnik ko‘rikdan o‘tgan.

Ma‘lumotlrga ko‘ra, ozarbayjonlik aviatorlar Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlari bilan shartnoma asosida Afg‘onistonga gumanitar yuklarni yetkazish bilan shug‘ullangan.
XS
SM
MD
LG