Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:59

Axmedov izini Tursunov bosdi


Rossiya premyer-ligasida "Volga" futbol klubi sha'nini himoya qilayotgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov biramasiga ikkita nufuzli sport veb-sayti tarafidan premyer-liga 4-chi tur o'yinlarining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Bunga sabab Sanjar Tursunovning 10 aprel kuni "Rostov" klubiga qarshi mehmonda o'tkazgan o'yinida ko'rsatgan yuqori natija bo'ldi. Mehmondagi o'yinda Tursunov bir golga assistentlik qilib, bir golga mualliflik qildi. O'yn 3:1 hisobi bilan "Volga" foydasiga yakunlanib, Sanjar Tursunov klubini 10 ochko bilan liga yetakchisiga aylantirdi.

Premyer-liganing har turidan so'ng Sports.Ru veb-sayti mushtariylari orasida o'tkaziladigan so'rovda Sanjar Tursunov 8,4 ochko bilan 4-chi tur o'yinlarining eng yaxshi futbolchisi deb tanlandi. "SSKA" klubi o'yinchisi Georgiy Shennikov va "Volga" hujumchisi Gocha Xodjava 7,2 ochko bilan ikkinchi, Nalchikning "Spartak" klubi hujumchisi Otto Fredrikson 7,1 ochko bilan uchinchi o'rinni olishdi.

Rossiya futbol olamidagi yana bir nufuzli veb-sayt "Futbol na Kulichkah" ham Rossiya premyer-ligasining 4-chi tur o'yinlarini tahlil qilar ekan, Sanjar Tursunovning "Rostov"ga qarshi o'tkazgan o'yiniga yuqori baho berdi va uni so'ngi turning eng yaxshi o'yinchisi deya e'lon qildi.

"Rostov" - "Volga" 1:3 (0:1)



Gollar: Volga - Xodjava ('45), Xazov ('52, assist. Tursunov), Sanjar Tursunov ('75), Rostov - Okoronkvo ('80)

Eslatamiz, Rossiya premyer-ligasining 3-chi tur o'yinlaridan so'ng bir qator sport bo'yicha mutahassislar Maxachkalaning "Anji" klubida top surayotgan o'zbekistonlik Odil Axmedovni 3-chi turning eng yaxshi futbochisi deya e'tirof etishgan edi.
XS
SM
MD
LG