Линклар

logo-print
Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan o‘zbek huquq faoli Azimjon Asqarov nufuzli Martin Ennalz mukofotiga nomzod deb topildi.

Martin Ennals jamg‘armasining Jenevada o‘tgan yig‘inida Asqarov mukofotga besh nomzodning biri sifatida tanlandi.

Qirg‘iziston janubidagi etnik zo‘ravonliklarni yoritishga uringan jalolobodlik inson huquqlari faoli Azimjon Asqarov o‘tgan yil sentabrida bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Martin Ennals mukofoti - o‘nta yetakchi xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti ta‘sis etgan va homiylik qiluvchi mukofotdir.

2008 yilda o‘zbekistonlik huquq faoli Mo‘tabar Tojiboyeva shu mukofot bilan taqdirlangan edi.
XS
SM
MD
LG