Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:11

Bahodir aka: Farzand dog‘i yomon ekan


O‘shlik Bahodir aka iyun voqealari chog‘ida oyog‘idan yaralanib, kasalxonada yotgani tufayli o‘g‘lining sovuq diydorini ham ko‘rolmay qolgan.

O‘sh qirg‘inining bir yilligi arafasida iyun voqealarida halok bo‘lgan 500 ga yaqin odamning yaqinlariga Qirg‘iziston hukumati 1 million so‘mdan moddiy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘tgan yilgi voqealarda oyog‘idan yarador bo‘lgan o‘shlik Bahodir aka ham qirg‘inda 22 yoshli o‘g‘lidan ajralgani uchun 1 million so‘m olganlardan biri. Biroq Bahodir akaning aytishicha, 1 million so‘m va boshqa har qanday yordam o‘g‘lining o‘rnini bosa olmayapti, farzand dog‘ini unutishga yordam berolmayapti.

Bahodir aka: Biz qurollangan odamlar kelib hammani otib yuboradi, deb o‘ylamagan edik. Oldida BTR mana shu asfalt yo‘ldan ko‘tarilib keldi. Ular anovi yoqlardan bo‘linib, mana shu yerlargacha chiqib kelishgan ekan-da. Mana shu yerda turgan odam tayyor go‘sht bo‘lib qoldik-da. Otib o‘ldirdi. Men istolbani panasida turgan edim. Bir yosh bolani olib o‘tishdi, 1992 yil tug‘ilgan yosh bola ekan. Biz o‘sha yosh bolani “mashinaga solaylik” deb tepaga chiqdik. Bolani mashinaga solayotganimizda oyog‘imga o‘q tegdi. O‘qni juda kuchli qurol bilan xo‘-o‘-v anavi joydan otdi. Durbinli qurolda, snayperda otdi. Bo‘lmasam, bu yerga yetmasdi o‘q. Mening o‘g‘limni ham zo‘rg‘a olib kelishibdi. Kimki yordam berib, yaralanganlarni ko‘tarsa, o‘ldiravyergan-da. Mening o‘g‘lim ham o‘q yeb, mana bu chuqurga tushib ketgan ekan.

Ozodlik: O‘g‘lingiz bu yerga nimaga kelgandi?

Bahodir aka: “Bosqinchilar kelsa, qaytaraylik, mahallamizga kirmasin” deb chiqqanda shu niyatida.

Ozodlik: O‘g‘lingizni yoshi nechada edi?

Bahodir aka: 22 yashar edi.

Ozodlik: Bu voqea qachon bo‘lgan?

Bahodir aka: 12 iyunda 2010 yilda. O‘g‘limga o‘q tekkan, o‘q ko‘kragiga tegib, chiqib ketgan ekan, tirik qolgan ekan, ustidan benzin quyib yoqishibdi. Emaklasa, ustidan lomlar bilan sanchib o‘ldirgan-da. Pochasidan bir qarichcha shimi qolgan, bu yog‘i kuyib ketgan.

Ozodlik: O‘g‘lingizni tanisa bo‘larmidi o‘lganida?

Bahodir aka: Men ko‘rmaganman. Men bolnitsada bo‘lganman, menga 3 kundan keyin aytishgan, bildirishmagan. Uchinchi kuni men g‘alati bo‘lib yuragim siqilib, “o‘g‘limning ovozini eshitay, telefonni beringlar” deb oldimdagi yigitlarning telefonidan telefon qilavyerdim, “o‘g‘lingizga hech narsa bo‘lmagan, tepada yuribdi” deb aytishmadi. Keyin “to‘g‘risini aytinglar nima bo‘ldi?” desam, “o‘g‘lingizni o‘ldirib yuborishdi, qo‘yib keldik 13 iyun kuni” deyishdi. Ekskavatorda kavlab, yigirmatadan ortiq bolani bir joyga qo‘yishibdi. O‘shaning ichida o‘g‘limni ham ko‘mishibdi. Toshga ismini yozdirib qo‘ydim, uyda turibdi hozir olib borib qabriga qo‘ymoqchi edim.

Ozodlik: Bir qabrga nechta odamni ko‘mishgan?

Bahodir aka: 21 ta odammikin, shunaqa. Ekskavatorda kovlab turib qo‘yishgan.

Ozodlik: Borib ko‘rsak bo‘ladimi?

Bahodir aka: Ha. Hozir borib ko‘rsanglar, men ham qabr toshni olib boraman, birgalashib qo‘yardik.

O‘sh qirg‘ini chog‘ida qurbon bo‘lgan Bahrom No‘monov qabri ustiga qo‘yilgan lavha.
Shundan so‘ng biz Bahodir aka bilan birgalikda qabristonga bordik. U yerga yetishimiz bilan Bahodir aka Qur‘ondan “Zalzala” surasini tilovat qildi va duoga qo‘l ochdi:

“Iloho omin: Olloh parvardigor egam, sen ulug‘ zotsan. Shu o‘qilgan Qur‘on tilovatidan ungan savoblarni fisabililloh shu yorug‘ olamdan o‘tgan barcha musulmonlarni ruhi poklariga, eng avvalo, Sarvari olam Muhammad SAVning ruki poklariga, u kishining ashobu kiromlari, oila a‘zolari ruhi poklariga bag‘ishladik. Shularning qatorida mana shu yerlarni bosib o‘tgan aziz-avliyolarning ruhi poklariga, “menga duo qilar bormikan” deb yotgan g‘aribu g‘urabolarning ruhi poklariga bag‘ishladik. Shular qatorida mana shu yerda yotgan, shahid ketgan ukalarimiz ruhi poklariga bag‘ishladik. Olloh ularning joylarini jannatdan qilgin, qorong‘u go‘rlarini yoruq qilgin. Qolganlarga sabri jamiyl ato etgin. Ollohu akbar”.

Баҳодир Нўъмонов:"Ўғлимнинг ўлганини айтишмаган эди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:22 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG