Линклар

Bahrayn poytaxtida yig‘ilgan minglab norozilar bugun mamlakat Milliy Assambleyasi yuqori palatasi binosini ishg‘ol qildi.

Natijada palata ishi vaqtincha to‘xtab qoldi.

Manama shahrida borayotgan namoyishlarga talabalar ham qo‘shildi. Ba‘zi talabalar parlament binosi oldida, ayrimlari esa o‘z ta‘lim muassasalarida norozilik namoyishlari uyushtirdi.

Namoyishchilarning bir guruhi Manama markazidagi davlat televideniyesi binosi yoniga yig‘ildi.

Bu davlatda bir hafta muqaddam davom etgan namoyishlar chog‘ida 7 kishi o‘ldi.

O‘tgan hafta yakunida qirol Shayx Hamada bin Isa al-Halifa mamlakatdagi keskinlikni yumshatish uchun hukumat tarkibida o‘zgartishlar qilgan va 300 dan ortiq mahbusni ozodlikka chiqargan edi.
XS
SM
MD
LG