Линклар

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi Xolmurod hoji Ergashevning 18 aprel kuni Ozodlikning “Erkin mikrofon”ida prezident Islom Karimovni himoya qilib bildirgan fikrlari tinglovchilarda qizg‘in bahs uyg‘otdi.

Rossiyaning Moskva shahrida mardikorlik qilayotgan qo‘qonlik Mahmudjon Ahmedov Xolmurod Ergashevning fikrlari yuzasidan u bilan bahslashish istagini bildirdi.

Ozodlik ikki tomonga ham erkin bahslashish maydonini yaratib berdi.

Eslatib o‘tamiz, Xolmurod hoji Ergashev "Erkin mikrofon"ga gapirar ekan, prezident Islom Karimovning tinchlik saqlab turishga qo‘shayotgan hissasini olqishlar ekan, O‘zbekistonda qamalayotgan shaxslar aybsiz qamalmayotganligini uqtirib o‘tgan edi.

Bahsni Moskvadan Mahmudjon Ahmedov boshlab berdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG