Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:47

Bahs maydoni: Liviyada kim tomondasiz?


Koalitsiya zarbalarini qo‘llayotgan liviyalik ayol o‘z qo‘liga "Men Liviyani sevaman!" deb yozibdi...
Koalitsiya zarbalarini qo‘llayotgan liviyalik ayol o‘z qo‘liga "Men Liviyani sevaman!" deb yozibdi...
Adolat va haq so‘ragan o‘z xalqini qirayotgan Liviya diktatorini to‘xtatish uchun G‘arb boshlagan harbiy amaliyotlarni qo‘llaysizmi yoxud aksincha?

Liviya xalqining Muammar Qaddafiy rejimiga qarshi fevralda boshlangan norozilik chiqishlarini o‘zbekistonliklar ham katta qiziqish bilan kuzatib kelayotgan edi.

Rejim o‘z fuqarolariga qarshi kuch ishlatishni boshlaganidan so‘ng bir qator G‘arb davlatlari BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga binoan Qaddafiy hukumatiga qarashli havo hujumidan mudofaa tizimini yakson etish maqsadida o‘tgan shanbada havodan zarbalar bera boshladi.

Bu voqea "ozodlikchi"larning Liviyadagi voqealarga qiziqishini keskin kuchaytirib yubordi.

Bu qiziqish Ozodlik saytida qoldirilayotgan sharhlardan ko‘rinib turibdi.

Liviyadagi vaziyat mushtariylarimizni ikki lagerga bo‘lib qo‘ydi.

Bir tomon "Liviya osmonidan qo‘lingni tort!" deb xitob qilsa, ikkinchi tomon "O‘z xalqini qirayotgan Qaddafiydan himoya qilishni kimdir o‘z zimmasiga olishi kerakku?!" deb masalani ko‘ndalang qo‘ymoqda.

"Bahs maydoni" ning bugungi soniga shu ikki lager vakillarini chaqirdik.

Bahs maydonining bir tomonida sotsiolog va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov. U "O‘z xalqini qirayotgan Qaddafiydan himoya qilishni kimdir o‘z zimmasiga olishi kerakku?!" deyayotganlar safida.

Bahs maydonining ikkinchi tomonidan joy olgan diniy olim Muhammadsolih Abutov esa "Liviya osmonidan qo‘lingni tort!" deb xitob qilayotganlar qatorida.

"Bahs maydoni"ga marmahat!

XS
SM
MD
LG