Линклар

O‘zbekistonda aholiga tarqatilgan plastik kartochkalar soni 7,9 millionga yetdi. Biroq, o‘zbekistonliklar bankomatlardan naqd pul yechib olishning imkoni yo‘qligidan shikoyat qilmoqdalar.

O‘zbekiston Markaziy Bankining birinchi kvartal yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida mamlakatda 86 ming dona bankomat va terminallar o‘rnatilgani aytildi.

O‘zbekiston Markaziy bankidagi manbaga ko‘ra, joriy yilning birinchi kvartalida plastik kartochkalar orqali 2 trillion 22 milliard so‘m miqdorida transaksiyalar, ya‘ni to‘lovlar amalga oshirilgan. O‘tgan yil davomida esa bor yo‘g‘i 5 trillion 200 milliard so‘m edi, deydi Markaziy bank xodimi.

Manbaga ko‘ra, poytaxt banklarida joylashgan bankomatlar orqali cheklangan miqdordagi pulni plastik kartochkalar orqali olish mumkin. Biroq viloyatlardagi bankomatlar haqida bir narsa deya olmayman, dedi shaxsi sir qolishini istagan suhbatdoshimiz.

Farg‘ona shahrida istiqomat qiladigan pensioner Ma‘rufjon Abdurahmonovga ko‘ra, plastik kartochkalardan naqd pul yechib olishning umuman imkoni yo‘q:

- Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Plastik kartochkadan pul kerak bo‘lib qolsa agar, borasiz bankka. Plastik kartochkalar bilan ishlaydigan bo‘lim boshlig‘iga uchraysiz. Ariza ëzasiz qo‘lingiz bilan menga shuncha pul berilsin deb. Agar arizangizni qanoatlantiradigan bo‘lsa, undan keyin sizga bankdan pul beradi. Lekin pul bermaslik ehtimoli kattaroq. Lekin bu yerda bir qiziq narsa borda. Qaysi tashkilot, korxonalarda ishlaydigan odamlar bo‘ladigan bo‘lsa, plastikdan pul yechib olish uchun 10-15 foizini berib olayapmiz deydi. Shu eski hamkasblar va boshqalar aytayaptida. Bu juda qattiq muammo.

Ozodlik: Shaharda nechta bankomat bor?

- Men Farg‘ona shahrida faqatgina milliy bankka kiravyerishda, zinapoyadan ko‘tarilganingizdan keyin kiravyerishda o‘ng tomonda bitta bankomat turganini ko‘rganman. Pensiyaga chiqqunimcha o‘sha yerda mening plastik kartochkam bor edi. Ishxonadan o‘tkazib berilardi. Bir marta ham ololgan emasman. Lekin o‘sha bo‘limning boshlig‘iga uchrab, ariza ëzib, harqalay savlatim, hurmatim, boshqalari bilan yengib, o‘sha yerdan 50-60 ming pulimni olib turar edim.

Boshqa joylarda, yirik savdo do‘konlari, bozor yoki jamoat joylarida bankomatlarni ko‘rmagan, deydi Ma‘rufjon aka.

- Farg‘ona shahrida biror-bir katta do‘kon deysizmi, biror joyda men birorta bankning birorta ishlab turgan bankomatini ko‘rgan emasman. Yo‘q. Bu faqat bank manfaatlarini himoya qiladigan plastik kartochkalar,- deydi farg‘onalik pensioner Ma‘rufjon Abdurahmonov.

Toshkentlik Abduqahhor Musayev fikricha, aslida plastik kartochkalar joriy qilinishi aholiga yengillik keltirishi kerak edi, biroq bu yangi tashvishlar, yangi muammolar keltirib chiqaryapti:

- O‘g‘lim polniy kartochkada 100 foizlikda. Bu bosh og‘riqda bu. Bu bankir-mankirlari maqtanavyeradi. Mutlaqo olish o‘limdan qiyin. Mana zavodniki bor. Ertalab uchda turib, xuddi urush davriga o‘xshab ocheredga turib arzimagan ozgina pulini olishi mumkin zavodning kartochkasi bo‘yicha. 84-zavod. Svyetga to‘laydigan bo‘lsangiz, faqat o‘sha yerda filiali bor. Boshqa joyda olmaydi uni. G‘irt bosh og‘riq. Bu beraëtgan ma‘lumoti O‘zbekistondagi 99 foiz hammasi ëlg‘on. Ko‘zbo‘yamachilik. Na pulingizni ololasiz, o‘sha oladigan joyingiz bilan supermarketning bilasizmi farqi qancha?

Anavi "o‘siroqlar" o‘tiradida Vazirlar Mahkamasida biji-biji qilib o‘tiravyeradi. Pastga tushib o‘zi almashtirib ko‘rsinchi o‘shalar. Banklar g‘irt aferistlar. U sizlarga intervyu beravyeradi zo‘r bo‘layapti hammasi deb. Bu shaharda. Qolganini bilmadim. Viloyatda bundan besh battar bo‘lsa kerak. Toshkentda lyuboy bankka hozir kiring, o‘lib qolsangiz ham ololmaysiz,- deydi toshkentlik pensioner Abduqahhor Musayev.
XS
SM
MD
LG