Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:05

Britaniya parlamenti oldidagi terror hujumida kamida 5 odam halok bo‘ldi


Британия парламенти олдида отишма бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

22 mart kuni Britaniya parlamenti binosi oldidagi otishmada kamida 5 odam halok bo‘ldi, 40dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisa joyi politsiya bilan o‘rab olindi. Otishmaga terror hujumi deya qaralmoqda. Hujum ortidan Britaniya parlamenti faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Britaniya bosh vaziri xavfsiz joyga olib o‘tildi.

Xabarlarga ko‘ra, London markazidagi Britaniya parlamenti qarshisida qora kiyimdagi shaxs politsiyachiga pichoq bilan hujum qilgan. Politsiyachilar hujumchiga qarata o‘q uzgan.

London politsiyasi rahbari yordamchisi Mark Rouli 22 mart kuni:

-Hozircha biz hujum faqat bir shaxs tomonidan uyushtirilgan, degan ishonchdamiz. Jamoatchilik biz xavfsizlik choralarini qo‘llab voqea bo‘lgan yerga yaqin hududlarni qurshab olganimizni to‘g‘ri tushunadi deb o‘ylaymiz, -deb aytdi.

Hodisa joyi politsiya bilan o‘rab olindi.
Hodisa joyi politsiya bilan o‘rab olindi.

Hujum Vestminster ko‘prigida yuk avtomashinasi yuqori tezlikda kelib, odamlarni urib ketishi bilan boshlandi. London vaqti bilan 14:40da sodir etilgan bu harakat natijasida kamida 2 kishi halok bo‘lgan.

Politsiya o‘tkazgan dastlabki tekshiruv natijalariga qaraganda, shundan so‘ng hujumchi mashinadan tushib,parlament binosi oldiga yaqinlashgan va politsiyachini pichoqlab o‘ldirgan.

Londondagi hujumda 10ga yaqin odamning jarohatlangan.
Londondagi hujumda 10ga yaqin odamning jarohatlangan.

Hujumchiga boshqa politsiyachi o‘q uzib, yaralagan.. Hujumchi kasalxonaga olib ketilayotgan paytda o‘lgan.

Vestminster ko‘prigida jabrlanganlar orasida 15-16 yoshdagi uch nafar fransiyalik o‘quvchi va Ruminiyaning 2 nafar vatandoshi bo‘lgan.

Vestmenstr ko‘prigida mashina kamida sakkiz odamni urib ketgan.
Vestmenstr ko‘prigida mashina kamida sakkiz odamni urib ketgan.

Jahon davlatlari liderlari Londonda 22 mart kuni sodir etilgan terror harakatini qoralamoqda va halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya bildirmoqda.

Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland halok bo‘lganlarning va jabrlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirilgan makutb jo‘natdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan telefon orqali suhbatlashib, amerikaliklar Britaniya xalqi bilan birdam ekanliklarini bildirdi. Tramp London politsiyasining harakatlarini yuqori baholadi.

Oq Uy matbuot kotibi Speyser matbuotga:

-Biz Birlashgan Qirollik hukumati terror harakati deb baholayotgan Vestminsterdagi hujumni qoralaymiz. Biz Britaniya politsiyasining voqeaga tez chora ko‘rgani va hujumchiga javob qaytarganini olqishlaymiz,- deb aytdi.

Londondagi hujum Belgiya poytaxtida 32 odam o‘limiga sabab bo‘lgan terror hujumlaridan roppa-rosa bir yil o‘tib ro‘y bermoqda.

XS
SM
MD
LG