Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:02

Barak Obama Facebook foydalanuvchilari bilan muloqot qiladi


Bugun AQSh prezidenti Barak Obama Kaliforniyaning Silikon vodiysidagi Facebook kompaniyasining shtab-kvartirasiga tashrif buyuradi.

Obama dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lgan Facebook foydalanuvchilari bilan Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi kutilmoqda.

Prezidentning Facebook foydalanuvchilari bilan onlayn savol-javob qilishi AQSh tarixida ilk marotaba kuzatilmoqda.
650 millionga yaqin foydalanuvchisi bor Facebook sayti bugingi kunning eng katta Internetdagi ijtimoiy tarmog'idir.

Tahlilchilar Obamaning Silikon vodiysiga tashrifini 2012 yilga belgilangan prezidentlik saylovi bilan bog‘lashmoqda.

AQShning iqtidordagi prezidenti keng ko‘lamli ijtimoiy va moliyaviy islohotlar dasturini oxiriga yetkazish uchun ikkinchi muddatga prezident etib saylanishi kerakligini ma‘lum qilgan edi.

AQShning 44-chi prezidenti bo'lmish Barak Obama 2009 yili prezident saylovida yutib chiqishida ham Internetning roli katta bolgan. Barak Obama AQSh tarixida birinchi marotaba Internetdagi ijtimoiy tarmoq va bloglarni o'z saylovoldi kampaniyasida faol ishlatgan.
XS
SM
MD
LG