Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:05

Baxmann AQShdagi prezident saylovida qatnashmoqchi


AQSh kongressi a‘zosi Mishel Baxmann kelasi yil AQShda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasining birinchi ayol nomzodi bo‘lish uchun kerakli hujjatlarni topshirdi.

Minnesota shtatidan bo‘lgan konservator Baxmann buni Respublikachilar partiyasining prezidentlikka da‘vogar vakillari o‘rtasida ilk bor televideniye orqali dushanba kuni namoyish qilingan debat paytida e‘lon qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama ikkinchi to‘rt yillik muddatga saylanish uchun kelasi yil o‘tkaziladigan saylovda ishtirok etishini allaqachon e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG