Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:38

Belarusda faollar ustidan sudlovlar davom etmoqda


Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka uning ta‘biri bilan aytganda "qo‘tir omma" qarsaklariga chiday olmayapti.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka uning ta‘biri bilan aytganda "qo‘tir omma" qarsaklariga chiday olmayapti.
Belarusda chorshanba kungi “qarsak chalish” namoyishlari paytida hibsga olingan 400 kishi ustidan mahkama jarayonlari boshlandi. Ayni paytda AQSh Vakillar palatasi Belarusda demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunni qabul qildi. huquq faollariga ko‘ra, o‘tgan bir oy ichida prezident Aleksandr Lukashenka rejimiga qarshi namoyishlarda qatnashgani uchun 1730 ga yaqin faol sudga tortilgan.
Belarusda chorshanba kungi “qarsak chalish” namoyishlaridan keyin poytaxt Minskda kamida 180 kishi, boshqa viloyat markazlarida 220 kishi hisbga olingani aytilmoqda.
Huquq faollariga ko‘ra, payshanba kuni ularning 130 ga yaqini ustidan sud o‘tkazildi.
Sud jarayonlarini kzatayotgan “Vyesna” inson huquqlari tashkiloti faoli Alesya Yakubovskaya Ozodlikka bularni ma‘lum qildi:
- Bir-ikkita odamga 5 kundan 7 kungacha qamoq muddati berildi, lekin ko‘pchilikka 10 kundan 15 kungacha berildi. Shu paytgacha faqatgina 1943 yilda tug‘ilgan ayolga jarima solindi. Boshqa sud majlislari ham shu kabi natijalar bilan yakunlandi. Zavodskoy tuman sudida hukm qilinganlar Jodzina qamoqxonasiga olib ketiladi, chunki Akrshinadagi qamoqxonada joy qolmadi, dedi huquq faoli.
“Vyesna” tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra 6 iyul kuni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan tinch namoyishlarda bir necha ming kishi ishtirok etgan. Rasmiylarni ularning kamida 400 nafarini hibsga olgan.
Belarus jurnalistlar uyushmasi hibsga olinganlar orasida 25 ga yaqin jurnalist bo‘lganini aytmoqda. Uyushma o‘z saytida e‘lon qilgan xabarda aytilishicha, jurnalistlarning aksariyati tazyiqlardan keyin qo‘ib yuborilgan va ularga ro‘y berayotgan namoyishlarni surat va videoga tushurmaslik aytilgan.
“Qrasak chalish” namoyishlari deb nomlangan aksiyalar Internetda harakat qilayotgan “Ijtimoiy tarmoq orqali inqilob” nomli guruh tomonidan uyushtirilmoqda. Bu namoyishlarning so‘nggisi chorshanba kuni o‘tkazildi.
Ozodlik radiosi muxbirlarining xabar qilishicha, namoyishlar uyushtirilishi rejalashtirilgan joylar ko‘p sonli politsiyachilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Fuqarolik kiyimidagi politsiyachilar aksiya joyga to‘planganlar, jumladan bir necha jurnalistni olib ketgan. Ozodlik bilan ismi sharti bilan gaplashgan mana bu yigit ham olib ketilganlar orasida bo‘lgan.
- Meni nima sababdan olib ketishganini tushunish qiyin. Men soat 19:45 larda kutubxonadan chiqdim. Men kutubxonaga a‘zolik guvohnomam bor edi. Odamlarning baqirganini eshitdim, ularga yaqinlashganimni bilaman ikkita barzangi yigit kelib, qo‘limni qayirib olib ketdi. “Qo‘yib yuboringlar” desam, kor qilmadi. Keyin “Xo‘p, qayerga borishim kerak?” deb so‘radim, ular meni shu yerga olib kelishdi, mana o‘tiribman.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka o‘tgan yil dekabrida qayta salanganidan keyin chiqqan noroziliklarni kuch bilan bostirib kelmoqda.
Lukashenka payshanba kuni qilgan chiqishida o‘z raqiblarini “qo‘tir omma” va “xalq dushmanlari” deya atab ularni G‘arbga jo‘natib yuborishni taklif qildi.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland payshanba kungi birifingda Belarusdagi vaziyat xususida jumladan bunday dedi:
- Biz Belarus hukumatidan hisbga olinganlarni ozod qilish va Belarus xalqi huquqlari, jumladan yig‘inlar o‘tkazish erkinliklarini hurmat qilishga chaqiramiz. Biz Belarusdagi barcha siyosiy tutqunlarni darhol va hech bir shartsiz ozod qilishga chaqirishda davom etamiz.
Payshanba kuni AQSh Vakillar palatasi Belarusda demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunni qabul qildi.
2011 yilning 6 iyulida qabul qilingan Belarsuda Demokratiya va Inson huquqlari akti barcha siyosiy tutqunlarni qamoqdan ozod qilishga chaqiradi va prezidenti Aleksandr Lukashenka qayta saylangan va qalbakilashtirilgani aytilgan dekabr saylovlari natijalarini tan olmaydi.
Aktda shuningdek Minskka qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi, jumladan viza taqiqining so‘nggi haftalar davomida muxolifat, jurnalistlar va tinch namoyishchilarni ta‘qib qilayotgan xavfsizlik xizmati xodilariga ham qo‘llanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yevropa Ittifoqi ham Belarus rasmiylariga nisbatan sanksiyalar, jumladan bir necha mulozimlarga qarashli hisob raqamlarini muzlatish va viza cheklovi kabi jazolarni qo‘llagan.
XS
SM
MD
LG