Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:52

Belarusda qarsak chalganlarning yana 100 nafari hibsga olindi


Belarus rasmiylari mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan tinch norozilik namoyishlari qatnashchilarining kamida 100 nafari hibsga olgani aytilmoqda.

Belarusdagi “Vyesna” inson huquqlari tashkiloti taxminlariga ko‘ra, Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali uyushtirilayotgan va “qarsak chalish” namoyishlari, deb atalayotgan aksiyada chorshanba kuni bir necha ming kishi qatnashgan.

Ozodlik muxbirlariga ko‘ra, namoyishlar uyushtirilishi rejalashtirilgan joylar ko‘p sonli politsiyachilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Fuqarolik kiyimidagi politsiyachilar aksiya joyga to‘planganlar, jumladan bir necha jurnalistni olib ketgan.

Belarusdagi norozilik qatnashchilari bilan birdamlik ramzi o‘laroq, Moskvadagi Belarus elchixonasi oldia o‘nlab faollar to‘planib, qarsak chaldi.

Rossiyadagi Memorial inson huquqlari tashkiloti rahbari Oleg Orlov Reytersga jumladan bunday dedi:

- Biz Lukashenkadan norozi odamlar har chorshanba kuni bunday aksiyalarni uyushtirishi, har qalay bunga harakat qilishini bilamiz. Bu tinch namoyishlar zo‘ravonlik va kuch bilan bostirilayotganini ham bilamiz. Bugun, Xudoga shukr, bunday aksiyani Moskvada hech qanday to‘siqsiz o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Lekin bizning rasmiylar ham Belarus rasmiylaridek ish tutmasligiga shubhalar bor edi.

Lukashenkaga qarshi norozilik u dekabr oyida qayta prezidentlikka saylanganidan beri kuchayib kelmoqda. Rasmiylar norozilarni kuch bilan bostirmoqda.
XS
SM
MD
LG