Линклар

logo-print
Belarusdagi inson huquqlari tashkilotlari rasmiylar chorshanba kuni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan muxolifat namoyishlarining 400 qatnashchisini hibsga olganini aytmoqda.
“Vyesna” inson huquqlari tashkilotining ma‘lum qilishicha, Minsk shahrida kamida 180 kishi, boshqa viloyat markazlarida 220 kishi hisbga olingan.
“Qrasak chalish” namoyishlari deb nomlangan aksiyalar Internetda harakat qilayotgan “Ijtimoiy tarmoq orqali inqilob” nomli guruh tomonidan uyushtirilmoqda.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka payshanba kuni qilgan chiqishida o‘z raqiblarini “qo‘tir omma” va “xalq dushmanlari” deya atab ularni G‘arbga jo‘natib yuborishni taklif qildi.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland payshanba kungi birifingda Belarusdagi vaziyat xususida jumladan bunday dedi:
- Biz Belarus hukumatidan hisbga olinganlarni ozod qilish va Belarus xalqi huquqlari, jumladan yig‘inlar o‘tkazish erkinliklarini hurmat qilishga chaqiramiz. Biz Belarusdagi barcha siyosiy tutqunlarni darhol va hech bir shartsiz ozod qilishga chaqirishda davom etamiz.
Payshanba kuni AQSh Vakillar palatasi Belarusda demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunni qabul qildi.
2011 yilning 6 iyulida qabul qilingan Belarsuda Demokratiya va Inson huquqlari akti barcha siyosiy tutqunlarni qamoqdan ozod qilishga chaqiradi va prezidenti Aleksandr Lukashenka qayta saylangan va qalbakilashtirilgani aytilgan dekabr saylovlari natijalarini tan olmaydi.
Aktda shuningdek Minskka qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi, jumladan viza taqiqining so‘nggi haftalar davomida muxolifat, jurnalistlar va tinch namoyishchilarni ta‘qib qilayotgan xavfsizlik xizmati xodilariga ham qo‘llanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
XS
SM
MD
LG