Линклар

logo-print
Belarusdagi huquq faollariga ko‘ra¸ hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyish ishtirokchilaridan kamida 140 nafari qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilingani yoki jarimaga tortilgan.

Minskdagi Vyasna va boshqa mintaqaviy tashkilotlarga ko‘ra, faqat poytaxtning o‘zida 100 kishi va boshqa shaharlar, jumladan, Brest Gomel va Maxileu shaharlarida yana 40 kishi javobgarlikka tortilgan.

Faollarga ko‘ra, 3 iyul kungi “sassiz norozilik”da qatnashganlarning ba‘zilari ikki kundan 15 kungacha qamoq jazosiga, boshqalari esa bir million Belarus rubli, taxminan 200 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgan.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkaning avtoritar rejimiga qarshi mamlakat bo‘ylab uyushtirilgan namoyishlar paytida qariyib 400 kishi qo‘lga olindi.
XS
SM
MD
LG