Линклар

logo-print
Belorus Milliy banki milliy valyuta – rubl qurbini keskin pasaytirdi.

Bugundan boshlab 1 AQSh dollari 4930 belorus rubliga teng bo‘ladi. Kecha 1 dollar 3155 rubl edi.
Shunday qilib, belorus rubli bir kunda 56 foizga devalvatsiya qilindi.

Lekin baribir keyingi kunlarda pul almashtirish shahobchalarida na dollar, na yevro sotib olishning imkoni bor.

Beloruslar keyingi kunlarda qo‘llaridagi naqd pullarni sarflash bilan band. Xabarlarga qaraganda, odamlar do‘konlardan qo‘liga kirganki narsani sotib olmoqda.

Belorus hukumati mamlakatda davom etayotgan moliyaviy bo‘hronni bartaraf etish uchun chet eldan yordam kutayapti.

ahlilchilar fikricha, Yevropa diktator Lukashenko hukumatiga yordam bermoqchi emas. Yordam Moskvadan bo‘lishi mumkin, lekin Rossiya hukumati ko‘rsatajak ko‘magi evaziga Belorusning strategik korxonalari olishni ko‘zlamoqda.
XS
SM
MD
LG