Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:58

Berlindagi aksiya O‘zbekiston elchixonasiga yoqmadi


Berlinda qamoqdagi jurnalist Solijon Abdurahmonov ozod qilinishi talabi bilan o'tkazilgan protest.
Berlinda qamoqdagi jurnalist Solijon Abdurahmonov ozod qilinishi talabi bilan o'tkazilgan protest.
O‘zbekistonda 10 yilga qamalgan jurnalist himoyasiga O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi oldida kecha o‘tkazilgan norozilik tadbiri o‘zbek diplomatlari g‘ashiga tekkan ko‘rinadi.

Uznews.net nashriga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov tashrifi munosabati bilan qabul uyushtirgan O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi jurnalist Solijon Abdurahmonov himoyasi uchun o‘tkazilayotgan aksiya ishtirokchilarini tarqatishni so‘rab, politsiya chaqirgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya namoyish maqsadlari bilan tanishgach uning qatnashchilari elchixona binosidan 50 metr uzoqlikda bo‘lishi kerakligini va shu shart bilan aksiyani davom ettirishlari mumkinligini aytishgan.

58 yashar jurnalist Solijon Abdurahmonov 2008 yilda giyohvand moddalarni noqonuniy sotish va tovlamachilikda ayblanib¸ 10 yilga ozodlikdan maxrum qilingan edi.
XS
SM
MD
LG