Линклар

Bill Geyts - kim u?


Operatsion tizimlar dunyosidagi gigant Microsoft shirkatining asoschisi, 56 millard AQSh dollari egasi Bill Geyts.

Operatsion tizimlar dunyosidagi gigant Microsoft shirkatining asoschisi, 56 millard AQSh dollari egasi Bill Geyts.

Matbuot bilan intervyu va ochiq suhbatlardan o'zini olib qochadigan, tabiatan uyatchan, lekin ishda juda ham tirishqoq, Forbs jurnali bo'yicha dunyoning ikkinchi eng boy odami va o'ta hotamtoy Bill Geyts (Bill Gates) kutilmaganda Daily Mail nashriga intervyu berdi. Suhbat davomida Microsoft shirkati asoschisi Geyts asosan shaxsiy hayoti haqida gapirdi.

Daily Mail nashridagi intervyu juda ham qiziq, lekin ingliz tiliga va uzun bo'lganligi tufayli, "Yosh to'lqin" tahririyati o'z mushtariylariga suhbatni qisqartirilgan holda - Geyts keltirgan qiziqarli faktlarning faqat 10ni keltirishni maqul topdi.

Xo'sh, Bill Geyts shaxsiy hayotda qanday isnon?

1. Bill Geytsning uch nafar farzandi otasini Bruno Mars ijrosidagi "Milliarder" qo'shig'ini xirgoyi qilib, masxara qilishni yaxshi ko'rishadi.
Forbes jurnali hisob-kitobiga ko'ra, Bill Geytsning boyligi 56 milliard AQSh dollariga teng.

2. Geyts o'zi va rafiqasi boshqargan hayriya jamg'armasi orqali jami bo'lib 28 milliard AQSh dollarini ehson qilgan. Uning hayriya pullari Uchinchi Dunyo davlatlarida bezgak kasalligiga qarshi kurash va boshqa shu kabi maqsadlarda ishlatiladi.

3. Uning uch farzandi bor. Ular 15, 12 va 9 yoshda. Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko'ra, boyligi 56 milliard AQSh dollariga teng Bill Geyts farzandlarining har biriga atigi 10 million AQSh dollaridan meros qoldiradi. Geytsning aytishicha, "bundan ko'p pul farzandlarga zarar yetkazishi mumkin".

4. Geytsning farznadlarida Apple shirkati chiqardan na iPhone, na iPod va na iPad bor.
Bill Geyts Microsoft shirkatiga 20 yoshida - 1975 yili do'sti Pol Allen bilan birgalikda asos solgan.

5. U2 guruhining solisti Bono Sietl shahrida konsert bergayotgan vaqtida tamoshabinlar orasida bo'lgan Geyts va uning farzandlarini sahna ortiga taklif qilganmi? Yo'q, chunki Bono o'sha kuni Geytslar uyida mehmon bo'lgan.

6. Geytslar oilasi birgalikda biror joyga boradigan bo'lishsa, ular oilaviy miniven xizmatidan foydalanishadi. Oila boshlig'i Bill rulda o'zi o'tiradi.

7. Ayni damda g'aznasi 37,1 milliard AQSh dollariga teng bo'lgan hayriya jamg'armasi ishini yuritayotgan Bill Geyts o'zi asos solgan Microsoft shirkatiga qaytmasligini aytdi.

8. Nega aynan bezgak kasalligiga qarshi kurashayapsiz? Saraton kasalligiga chalinganlar soni ko'p emasmi? - degan savollarga Geyts "negaki saratonga qarshi butun dunyo kurashmoqda", deb javob berdi.
Microsoft ishlab chiqgan Windows dasturining operatsion tizimlar bozoridagi ulushi 88 foizni tashkil qiladi.

9. Bill Geyts Twitter mikroblog xizmatidan faol foydalanadi. Uning Twitterda ochgan sahifasi 14 soat ichida 158 ming "follower" to'plagan edi. Biroq u Facebookdan foydalanmaydi. "Chunki do'stlashish uchun jo'natilayotgan takliflar ko'payib ketgdi", deya izoh beradi Geyts.

10. Uchinchi Dunyo ahli Bill Geyts kim ekanligini bilishmaydi. "Ular mening kimligimni bilishmaydi, chunki men yaratgan narsalar ularning hayotida mutlaqo tadbiq etilmagan. [Uchinchi Dunyo] davlatlari birining bosh vaziri bilan uchrashganimda, ko'pchilik menga nisbatan "bu kishi kim?" deya undan so'rashgan edi. Vazir bo'lsa "bu oqtanli kishi men bilan keldi" deb javob bergan edi", deb kamtaringina javob berdi Geyts.

Bill Geytsning Daily Mail nashriga bergan intervyusini bu yerda o'qishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG