Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:52

Bin Ladin mayiti dengizga qo‘yildi


AQShning ABC News telekanali Usama bin Ladin o'ldirilgan uyda olingan videoni ko'rsatdi.
AQShning ABC News telekanali Usama bin Ladin o'ldirilgan uyda olingan videoni ko'rsatdi.
Kecha AQSh Prezidenti Barak Obama Amerika maxsus kuchlari Pokistonda Usama bin Ladinni o‘ldirganini e‘lon qildi.

Al-Qoidaga qarshi kurash, dedi Obama, 11 sentabr terror xurujini uyushtirgan bin Ladinning o‘limidan keyin ham davom etadi.

1 may kuni o‘tkazilgan maxsus amaliyot paytida AQSh kuchlari orasida talafotlar bo‘lmadi va “tinch fuqarolar orasida ham talafotlarning oldini olish” choralari ko‘rildi, deya qo‘shimcha qildi Obama.

Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi AQSh maxsus kuchlari vyertolyotlar yordamida Islomoboddan 60 kilometr uzoqlikdagi Abbotobod shaharchasida bin Ladin yashiringan uyga hujum qilgani ma‘lum bo‘ldi.

O‘rtada chiqqan otishmada qarshilik ko‘rsatgan bin Ladin va uning o‘g‘li otib o‘ldirilgan. Hozirda AQShning tegishli idoralari operatsiya paytida qo‘lga kiritilgan materiallarni ko‘rib chiqmoqda.

AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton bin Ladin yashiringan joyni topishda Pokiston hamkorligi qo‘l kelganini ma‘lum qildi.

Usama bin Ladin yashirinib yurgan uyning chizmasi.
- Pokiston bilan hamkorlik bin Ladin va u yashiringan uyni topishimizga yordam berdi. Kelgusida bu hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz va bu hamkorlik faqatgina hukumat idoralari darajsida bo‘lmaydi. Bu Qo‘shma Shtatlar va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi hamkorlikdir, dedi Klinton.

Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy Usama bin Ladinni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Pokiston bilan qo‘shma amaliyot bo‘lmaganini bayon qildi.

Pentagon rasmiylari bin Ladinga Islom qoidalariga amal qilgan holda janoza o‘qilib, uning mayiti Arab dengiziga qo‘yilganini ma‘lum qildi. AQSh harbiylariga ko‘ra, mayit “Carl Vinson” nomli harbiy kemada yuvilgan va kafalangan.

Rasmiylari DNK analizi jasad bin Ladinga tegishli ekanini tasdiqlaganini ma‘lum qildi.

Qo‘shma Shtatlar Al-Qoida qasos olish maqsadida amerikaliklarga hujumlar uyushtirishi ehtimoli bois xorijdagi elchixonalariga xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.oriy Usama bin Ladinni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Pokiston bilan qo‘shma amaliyot bo‘lmaganini bayon qildi.
XS
SM
MD
LG