Линклар

Oq uyga ko‘ra, Al-Qoida yetakchisi Usama bin Ladin o‘ldirilgan paytda qurolsiz bo‘lgan. Oq uy matbuot vakili Jey Karni “bin Ladin uni ushlash operatsiyasiga qarshilik ko‘rsatishi mumkinligiga oid xavotirlar bor edi va shunday bo‘ldi ham”, dedi.

Uning aytishicha, “otishma” ro‘y bergan xonada bin Laden bo‘mlagan. “Bin Ladin yashiringan xonada bir ayol – bin Ladinning xotini – AQSh askariga tashlangan va oyog‘idan o‘q yegan, lekin o‘lmagan. Shundan keyin bin Ladin otib o‘ldirilgan”, dedi Karni.

Oq uy rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, “xovlida boshqa qurollangan odamlar bo‘lgan” va chamasi 22 nafar odam orasida 17 nafari qurolsiz bo‘lgan.

Karni Usama bin Ladinning jasadi tasvirlangan fotosuratlar “qo‘rqinchli” bo‘lgani bois ularni e‘lon qilish maqsadga muvofiq emasligini qo‘shimcha qildi.

Usama bin Ladin yashiringan joyning sputnikdan ko'rinishi (Google maps):


Просмотреть Osama bin Laden Compound на карте большего размера
XS
SM
MD
LG