Линклар

2011 yildan beri dunyoda #1 terrorchi maqomini olib kelgan Usama bin Ladinning o'limi, e'lon qilinganiga bir necha soat ham o'tmasdan, Internetdagi deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda #1 mavzuga aylandi.

Qariyb 650 million foydalanuvchisi bor Facebook tarmog'ida ochilgan "Usama bin Ladin o'ldi" (Osama bin Laden is DEAD) sahifasi bir necha soatlarni ichidayoq 270 ming Facebookchiga "yoqdi", yani shuncha marotaba "like" qilindi. Har daqiqada bu kabi sahifalarning va ularni "yoqtirayotgan"larning soni ortib bormoqda.

Mikroxabarlar xizmati bo'lmish Twitter saytida ham bugungi kunning eng ko'p ishlatilgan so'zlaridan biri "Osama" so'zi bo'lib, #osama hesh-tegi kunning eng mashhur hesh-tegiga aylandi.

Osama bin Ladin kabi dunyoda mashhur insonlarning o'limi Internetagi ijtimoiy tarmoqlarda #1 mavzuga aylanishi odatiy hol. 2009 yili taniqli pop-ashulachi Maykl Jeksonning o'limi ham Facebook va Twitter saytlarida bir necha kun eng ko'p yozilgan mavzuga aylangan edi.
XS
SM
MD
LG