Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:59

Bin Ladinning murdasi aks etgan surat qalbakimi?


Usama bin Ladinning o'limi haqidagi ilk xabardan ko'p o'tmasdan uning o'ligi deyilayotgan murdaning surati Internetda tarqab ketdi. Mutahassislarning aytishicha, bu surat kompyuter dasturlari yordamida o'zgartiligan qalbaki suratga o'xshaydi.

Mutahassislarning fikriga ko'ra, ilk bor internetda, keyinchalik esa Pokiston televideniyesi orqali ko'rsatgan murdaning surati (chapda) bundan bir necha yil oldin olingan tirik Usamaning suratidan (o'ngda) ko'chirilib, mahsus kompyuter dasturlari orqali qalbakilashtirilgan.

#1 terrorchi murdasi deyilayotgan surat bin Ladinning o'limi e'lon qilinganidan so'ng bir necha soat ichidayoq Facebook va Twitter saytlarida to'lib-toshib ketdi. Ayrim ommaviy axborot veb-saytlari esa suratni o'z sahifalari chop etishga ulgurishdi. Pokiston televideniesi murdaning suratini Usama bin Ladinning o'ligi tushirilgan surat kabi o'z tamoshabinlariga ko'rsatdi.

10 yildan beri AQSh va boshqa bir qator davlatlar tarafidan qidirilib kelingan Usama bin Ladinning o'limi bugun AQSh prezidenti Barak Obama tarafidan e'lon qilingan edi.
XS
SM
MD
LG