Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:16

Birinchi jahon urushining so‘nggi faxriysi olamdan o‘tdi


Birinchi jahon urushi veterani Klod Stenli Chulz
Birinchi jahon urushi veterani Klod Stenli Chulz
Birinchi jahon urushining jahonda shu paytgacha tirik bo‘lgan so‘nggi vyeterani Klod Stenli Chulz 110 yoshida Avtraliyada olamdan o‘tdi.

Chulz 15 yoshligidan Britaniya Qirollik flotining “Revyenj” harbiy kemasida xizmat qilgan.

U 1918 yilda Shimoliy dengizda Germaniya harbiy dengiz kuchlariga qarshi janglarda qatnashgan.

1920 yilda vyeteran Avstraliyaga ko‘chib o‘tgan va 1956 yilga qadar turli harbiy lavozimlarda ishlagan.

Klod Stenli Chulz 5 may kuni Avstraliyaning Perta shahridagi qariyalar uyida hayotdan ko‘z yumdi.

Uning 80 yil davomida birga hayot kechirgan rafiqasi bundan uch yil avval vafot etgan edi.

Birinchi jahon urushining britaniyalik so‘nggi uch vyeterani Bill Stoun, Henri Allinhem va Harri Petch 2009 yilda haëtdan ko‘z yumdi.

Joriy yil boshida esa Birinchi jahon urushining amerikalik so‘nggi faxriysi Frenk Bakls olamdan o‘tgan edi.
XS
SM
MD
LG