Линклар

logo-print

Bishkek o‘zbek gazini arzonroq narxda oladi


2010 yilning so‘nggi choragida Qirg‘iziston O‘zbekistondan tabiiy gazni 242 dollardan sotib olgan edi.

2010 yilning so‘nggi choragida Qirg‘iziston O‘zbekistondan tabiiy gazni 242 dollardan sotib olgan edi.

So‘nggi uch yil ichida Qirg‘iziston O‘zbekistondan oladigan tabiiy gaz hajmi taqriban to‘rt barobar qisqardi.

Qirg‘iziston 2011 yil birinchi choragida o‘zbek gazining har ming kub metri uchun 223 dollardan to‘laydi. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga “Qirg‘izgaz” davlat korxonasi rahbarining o‘rinbosari Nurbek Jalidinov bildirgan.

“Qirg‘izgaz” mas‘uli 2011 yilda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga gaz uzatish bo‘yicha shartnomaga 7 yanvar kuni qo‘l qo‘yilganini ma‘lum qildi.

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston bu yil Qirg‘iziston uchun tabiiy gazning har ming kub metriga 255 AQSh dollaridan narx belgilagandi, Qirg‘iziston esa bu miqdor gaz uchun 140 dollardan to‘lamoqchi edi.

Qirg‘iz matbuotining yozishicha, dastavval Toshkent o‘zaro muzokaralardan keyin Bishkekka gazni 213 dollardan sotishga rozi bo‘lgan. Biroq “Qirg‘izgaz” rahbari Turg‘unbek Qulmurzayev bu narxda olishga rozi bo‘lmaganidan keyin “O‘zTransGaz” yana gaz narxini 255 dollarga ko‘tarib qo‘ygan.

Ammo, qirg‘iz rasmiylarining ta‘kidlashlaricha, tugayotgan haftadagi muzokaralarda har ikkala tomon gaz narxi bo‘yicha yagona qarorga kelganlar.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilning so‘nggi choragida Qirg‘iziston O‘zbekistondan tabiiy gazni 242 dollardan sotib olgan.

6 yanvar kuni Qirg‘iziston energetika vaziri Asqarbek Shadiyev Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2011 yilda O‘zbekistondan olinajak gaz narxi o‘tgan yildagidan pastroq bo‘lishi haqida gapirgandi.

- Shartnoma hali imxolangani yo‘q, ammo gazning har ming kub metri uchun narx 240 dollardan pastroq bo‘ladi, - degan edi Asqarbek Shadiyev.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2011 yilda Qirg‘iziston O‘zbekistondan 200-220 million kub metr atrofida gaz oladi. Qiyos uchun: 2007 yilda Bishkek Toshkentdan 950 million kub metr, 2008 yilda esa 800 million kub metr gaz sotib olgandi.
XS
SM
MD
LG