Линклар

"Bishkek hukumati Xalqaro komissiya tavsiyalarini bajarishi kerak!"


Qirg‘iziston rahbarlari ikki millat o‘rtasida buzilgan ishonch va o‘zaro hurmat devorini qayta tiklashga kirishishlari lozim¸ deyishmoqda Qirg‘iziston janubidagi o‘zbek faollari.

Qirg‘iziston rahbarlari ikki millat o‘rtasida buzilgan ishonch va o‘zaro hurmat devorini qayta tiklashga kirishishlari lozim¸ deyishmoqda Qirg‘iziston janubidagi o‘zbek faollari.

O‘sh qirg‘inidan so‘ng vatanini tark etishga majbur bo‘lgan O‘zbek milliy-madaniy markazi faollari shu fikrda.

2010 yilning iyun oyida Qirg‘iziston janubida yuzaga chiqqan zo‘ravonliklarni maxsus o‘rgangan Xalqaro komissiya hisoboti Qirg‘izistonning o‘zida ham, uning tashqarisida ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Hisobot yuzasidan fikr bildirish istagida Ozodlikka murojaat qilganlardan biri - jalolobodlik Shahobiddin Yusupov.

“O‘zbeklar Qirg‘izistonga qarshi gap aytmagan”

Iyun qirg‘ini davomida Shahobiddin Yusupovning Jaloloboddagi uyi va shahar markazidagi mehmonxonasi bosqinchilar tomonidan yondirib yuborilgan edi.

Shu kunda u Ukrainada, shu mamlakatdagi O‘zbek milliy-madaniy markazi raisidir.

Iyun qirg‘inidan so‘ng uning 50dan ziyod qarindosh-urug‘i ham Jalolobodni tark etishga majbur bo‘lib Ukrainadan boshpana topgan.

Xalqaro komissiya hisobotiga munosabat bildirar ekan, Shahobiddin Yusupov bunday dedi:

- Nezavisimiy komissiya kelib o‘zining rassledovaniyesiga tochka qo‘ygani O‘sh va Jaloloboddagi o‘zbeklarning sal yuzi ërug‘ bo‘ldi. Komissiyaga katta rahmat deyman. Ikkinchisi, hozirgi situatsiyada bu komissiyaning o‘zbek tiliga status berishga rekomendatsiya berayapti...

Shahobiddin Yusupovning so‘nggi gapi tushunarli bo‘lsin uchun Xalqaro komissiya hisobotining “Tavsiyalar” bobi 5-bandini keltirmoqchimiz: "O‘zbek tiliga Janubiy Qirg‘izizistonda munitsipal va mintaqaviy darajalarda - rasmiy blanklar, e‘lonlar, ta‘lim, madaniy va yuridik ehtiyojlarni hisobga olgan holda - maxsus maqom berish lozim".

...Ana shunga men aytmoqchiman, bizning liderlar aytgan so‘z har bittasi Qirg‘iziston mamlakati uchun hech qanaqa ëmon so‘z, qirg‘iz millati uchun ëmon so‘z¸ degan so‘zning o‘zi yo‘q bu yerda.

Hozirgi situatsiyada eng asosiysi¸ agar Qirg‘iziston deystvitelno mamlakat bo‘lib qolishini xohlasa, bizning o‘zimizning liderlar bilan Jaloliddin Salohiddinov bilan, Abdurasul aka, Qodirjon Botirovlar bilan maslahatlashib, o‘shalar bilan kelib o‘tirib krugliy stol qilib gaplashmaguncha, mamlakati bo‘lmaydi. Sababi¸ hozirgi kunda natsionalizm Qirg‘iziston politiklarining qoniga kirib ketgan. Jurnalistining ham, advokatining ham hammasi. To‘g‘ri so‘z hech kimga ëqmaydi. To‘g‘ri so‘zni olib, o‘shaning rekomendatsiyasini olib, mamlakatni ko‘tarish kerak.

Hozirgi kunda uyg‘urlar bor, mana Xitoyda bor, mana Kurdiston bor, mamlakati yo‘q. Qirg‘iziston shunchalik kichkina bo‘lib turib mamlakat bo‘lib, imenno natsionalistlar bilan bo‘lib qolsa, ertaga bu mamlakat bo‘lmaydi. Ana shunga Qirg‘izistonning xalqi, Qirg‘iziston pravitelstvosi yaxshilikka, tinchlikka olib kelaman desa, mana nezavisimiy komissiyaning rekomendatsiyasiga amal qilishi kerak, deydi Shahobiddin Yusupov.

Jalolobodlik Shahobiddin Yusupov “qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari qirg‘izlarga ham, Qirg‘izistonga ham qarshi gap aytmagan”, demoqda. Biroq ayni paytda Jalolobod shahar sudi bir qator o‘zbek liderlari ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.

Respublika O‘zbek milliy markazi vitse-prezidenti, taniqli tadbirkor Qodirjon Botirov va yana 5 taniqli o‘zbek qator jinoyatlar, jumladan separatchilikda ayblanmoqda.

Vaholanki, Xalqaro komissiya Botirovning ham, boshqa o‘zbeklarning ham chiqishlarida Qirg‘izistonning yaxlitligiga tahdid alomatlarini topmagan.

“Yaralar bitib ketishi uchun tolmay mehnat qilishimiz kerak”

Sirtdan sudlanayotganlardan biri – “O‘shTV” telekompaniyasi egasi, shu kunda oilasi va qarindosh-urug‘lari bilan qochqinlikda yashayotgan Xaliljon Xudoyberdiyevdir.

Bundan bir necha hafta avval Xudoyberdiyev Ozodlikka “O‘shTV”ni O‘sh shahri meri Melis Mirzaqmatov tortib olgani to‘g‘risida aytib bergan edi.

Biz Xalqaro komissiya hisobotiga munosabat bildirishini so‘rab Xudoyberdiyevga ham murojaat qildik.

Ozodlik: Xalqaro komissiyaning hisobotini ob‘ektiv hisobot deb tan olasizmi?

- Kilyunenning “maksimal ob‘ektiv qilib ko‘rsatishga harakat qildim” degan gaplari bor ekan. Men o‘ylaymanki, ob‘ektivniy, istinaga eng bir yaqinroq otchët bo‘lsa kerak.

Ozodlik: Kimmo Kilyunen matbuot anjumanida “Qodirjon Botirov chiqishlarida biror marta ham avtonomiya talab qilmagan” dedi. Lekin shunga qaramasdan Qodirjon Botirov, shu qatorda sizga ham Jalolobod prokuraturasi tomonidan separatchilik va Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan¸ deb ayblov e‘lon qilingan. Botirov, siz va boshqalarning ustidan sud jaraëni boshlangan. Buni qanday tushunish mumkin? Qolavyersa, milliy komissiya ham Botirovni separatchilikda ayblagan emas.

- Men o‘ylaymanki, balki bu inersiya bo‘lishi mumkin qandaydir. Separatizm to‘g‘risida qo‘yilgan ayblovlar necha oylar burun aytilgan bo‘yicha qolganmi¸ deb o‘ylayman. Nimaga deganda¸ unaqa ayblovlar qo‘yishga hech qanaqa asoslar yo‘q. Bundan tashqari organizatsiya uchastiye massoviy besporyadkix. U ham yo‘q. Bundan tashqari vozbujdeniye natsionalnoy, religioznoy, mejregionalnoy vrajdi - bu ham yo‘q. Ispolzovaniye slujashim kommercheskoy organizatsii v svoix interesax - u ham yo‘q. Sozdaniye nezakonnogo voorujënnogo formirovaniya - u ham yo‘q. Men o‘ylayman¸ qo‘yilgan hamma ayblovlarning asosi yo‘q. Bir tomondan¸ milliy komissiyaning va xalqaro komissiyaning otchëtlari qarab chiqilganda qo‘yilgan ayblovlar asosi yo‘q bo‘lib chiqayapti.

Ozodlik: Xalqaro komissiyaning hisoboti bilan bir vaqtning o‘zida Qirg‘iziston respublikasi hukumatining hisobot yuzasidan sharhlari ham e‘lon qilindi. O‘sha sharhlarda bir joyida aytilganki, o‘zbekcha gazetalarni qayta tiklash, o‘zbek tilidagi teleko‘rsatuvlarni qayta tiklash, televideniyelarni qayta tiklash masalasi ustida ishlayapmiz, degan gap bor. O‘shTVning egasi sifatida shu ish amalga oshishiga ishonasizmi?

- Agar hukumat mana shunaqa va‘dalar beraëtgan bo‘lsa, va‘dalarni ro‘ëbga chiqarish ham hukumatning vazifasi, ham men Qirg‘iziston grajdani qatorida, mening ham vazifam¸ deb hisoblayman. Shuning uchun¸ albatta¸ harakat qilinishi kerak. Agar bu harakat ob‘ektiv bo‘ladigan bo‘lsa, biz¸ albatta¸ podderjka qilamiz va qo‘shilamiz.

Ozodlik: Xalqaro komissiya o‘zining xulosalarini e‘lon qildi. Siz maksimal darajada ob‘ektiv deyapsiz. Shu hisobotdan keyin respublikada vaziyat yaxshilanishiga ishonasizmi?

- Men o‘ylaymanki, birdaniga vaziyat yaxshilanishi qiyin. Jarohatlar juda qattiq bo‘lganda. Lekin davlat siësati, ideologiyasi otchëtda berilgan rekomendatsiyalarning hech bo‘lmasa yarmini bajarsa, men o‘ylaymanki, bir necha yillardan keyin vaziyat yaxshilanishi mumkin. Qancha voqealar bo‘lib o‘tdi. Bu odamlarning esida qoldi. Juda ëmon iz qoldirdi. Bu yaralarning bitishiga yillar va tolmasdan mehnat kerakda, deydi O‘shTV telekompaniyasi egasi Xaliljon Xudoyberdiyev.
XS
SM
MD
LG