Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:06

Bishkek konlarni Toshkentdan qaytarib olmoqchi


“Qirg‘izgaz” hissadorlik jamiyati bosh direktori Turgunbek Kulmurzayevning fikricha, Qirg‘iziston hukumati va Jo‘g‘o‘rqu Keneshi Qirg‘iziston hududidagi “Shimoliy So‘x” gaz omborini, “Shimoliy So‘x” va “Cho‘ng‘ara-G‘alcha“ gaz va neft konlarini O‘zbekistondan qaytarib olish masalasini ko‘tarishi kerak.

Bunday bayonot bilan “Qirg‘izgaz” rahbari 26 aprel kuni chiqish qildi.

U tilga olgan ob‘ektlar Botken viloyati hududida joylashgan bo‘lib ularni O‘zbekistonning “O‘zbekneftegaz” davlat kompaniyasi ekspluatatsiya qiladi.

Kulmurzayevga ko‘ra, Botken viloyati hududida O‘zbekiston foydalanib kelayotgan gaz va neft konlari soni qariyb 37 tadir.

“O‘tgan yili bu konlardan 2 mln kub metr gaz va yarim mln tonna neft qazib olingan”, deb xabar qildi Kulmurzayev.
XS
SM
MD
LG