Линклар

logo-print
Qirg‘iziston rasmiylari Bishkekda turkiyalik jurnalist terrorchi guruhga a‘zolikda gumon qilinib, hibsga olinganini ma‘lum qildi.

Qirg‘iz xavfsizlik xizmatlari Ali Usmon Zor Yaqin Sharqda xalifalik qurish g‘oyasini ilgari suradigan “Katta Sharq Islomiy Kurash Fronti” nomli guruhga a‘zo ekanini ta‘kidlamoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Usmon Zor 2 may kuni Turkiya so‘rovi bilan ushlangan. U Qirg‘izistonga o‘tgan yili kelib, Turkiya matbuoti uchun muxbirlik qilgan va Turkiya rasmiylarining ta‘qiblarini asos qilib keltirib, siyosiy boshpana so‘ragan.

Usmon Zor Turkiya hukumatini ag‘darishga chaqirgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG