Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:11

Blog: "Eh, oh, uh..."


O'sh. Sulaymon tog'dan turib olingan surat.
O'sh. Sulaymon tog'dan turib olingan surat.
Ikki tunki uyqu yo‘q. Negaligini tushuntira olmayman. Yurak o‘ynoqi bo‘lib qolgan. Faqat “eh, oh,uh” ba‘zan “uf” chiqadi.

Yaqinda Ozodlikga sharhlardan birida O‘shdan yaxshi xabarlar kelmayotganidan bir sharhlovchi nolibdi.

“Xo‘p” deb yaxshi xabar izlashga kirishdim. Buni qarangki, telefonim jiringlab, O‘sh mahallasidan olib chiqib ketilgan yana bir o‘shlik o‘zbek haqida ma‘lumot kelib qoldi.

“Eh” dedim. Yaxshi xabar emas-da.

Yaqinini olib ketganda, joni halak bo‘lgan uning yaqinlari nima qilishi kerakligini mendan, oddiy bir jurnalistdan so‘rashadi. Bilganimcha maslahat beramanu, “oh” deyman.

Bu unning chiqishiga ularning naqadar himoyasiz ekani sabab bo‘ladi.

Darrov O‘sh shahar ichki ishlar bo‘limidagi matbuot xizmati xodimi Zamir bayke bilan bog‘lanaman. Sermulozamat bayke aniqlashga va‘da beradi. Ammo so‘nggi paytda aniqlashi uzoqqa cho‘zilishini bilganim bois, yana telefon qilaveraman, qilaveraman. Ba‘zan qo‘ng‘iroqlarimga javob olaman, ba‘zan uzundan-uzun telefon gudogi ketaveradi. Bunday paytda “uf” deb yuboraman, “shukr” deyishni o‘rniga.

O‘shning dardidan charchagan mushtariyning sharhini o‘qib charchamayman. Uni ham tushunishga harakat qilaman. Ammo telefonim go‘shagi ish vaqti tugasa-da tinmaydi.Har kuni kimningdir yaqini olib chiqib ketiladi, qiynoqqa tortiladi, puli olinadi, oqibatida yoki qo‘yib yuboriladi, “adashibmiz” deb, yoki tergov izolyatorida o‘z hukmini kutib yotadi. “Oh” demasdan iloj bormi?

Yaxshi xabar ham kelarmikin O‘shdan? Yana savol beradi, Basira.

Agar O‘shdan yaxshi xabar bo‘lsa siz menga yozing

Muallif: Basira, Ozodlik muxbiri
XS
SM
MD
LG