Линклар

Blog: "El klassiko" yoki ispancha jang oldidan fikrlar


"Barsa" hujumchisi Lionel Messi "Qirol klubi" yarim himoyachisi Xabi Alonso va himoyachisi Pepega qarshi to'p uchun kurashmoqda.

"Barsa" hujumchisi Lionel Messi "Qirol klubi" yarim himoyachisi Xabi Alonso va himoyachisi Pepega qarshi to'p uchun kurashmoqda.

Bugun 27 aprel kuni Chempionlar ligasining yarim final o‘yinlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Madridning "Real" klubi o‘z uyida "Barselona" jamoasini qabul qiladi.

Butun dunyo futbol muxlislari orziqib kutayotgan "el klasiko" deb nomlanmish bu uchrashuv Madridning "Real" hamda Kataloniyaning "Barselona" futbol jamoalari o‘rtasida navbatdagi ajoyib futbol uchrashuvi bo‘lishi kutilmokda.

Chempionlar ligasining yarim finalida uchrashgan bu jamoalar, aksariyat futbol muxlislarini ikkiga bo‘lib qo‘ydi. Chunki, futbol tarixida hech bir boshqa ikki jamoa o‘yini bu qadar katta qiziqish, yuksak nufuzga ega bo‘lolmagan. Albatta, bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin o‘z o‘zidan bu yuksak maqomga chiqib qolgani yo‘q. Buni anglash uchun “Real” va “Barsa”ning bir asrlik tarixga ega bo‘lgan “jangiga” nazar tashlash kerak bo‘ladi.

Bu jamoalar Ispaniya chempionatida bir birlari bilan 162 marotaba kuch sinashgan. 68 o‘yinda g‘alaba “Real”ga kulib boqqan bo‘lsa, 63 o‘yinda esa “Barsa”ning qo‘li baland kelgan. Roppa rosa 31 o‘yin durang natija bilan o‘z yakuniga yetgan. Urilgan gollar soni bo‘yicha ham “Real” biroz ustunroq – “Real” 275 marta gol bilan, “Barsa” esa 259 gol bilan raqib darvozasini ishg‘ol etishgan. “Real”ning “Barsa” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 8:2 bo‘lsa, “Barsa” hisobidagi eng yirik g‘alaba 7:2, 5:0.

Jamoalar Chempionlar ligasida ham 6 o‘yinda uchrashgan bo‘lib, bir o‘yin “Barsa”ning foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, ikki o‘yinda durang, qolgan uch o‘yinda “ Real”ning qo‘li ustun kelgan.

2009 va 2010 yilgi Ispaniya chemponatidagi “Barsa”ning “Real” ustidan yirik hisobdagi g‘alabalari masalani uzil kesil hal qilganday edi, lekin “Real”ning 2011 yil Ispaniya kubogi finalidagi g‘alabasi hali ajoyib "el klasiko" oldinda ekanidan isbotladi.

Bugun o‘tadigan "el klassiko" yana bir jixati bilan ham farqliki, unda “Barsa”ning bir qator yetakchi o‘yinchilari olgan jarohatlari tufayli o‘yinda ishtirok etolmaydilar. Boyan, Abidal, Adriano, Maksvyell, Inestalarning o‘yinda ishtirok etolmasligi “Barsa” muxlislarini ranjita olgani yo‘q. Aksincha, ko‘pchilik “Barsa” muxlislari Serxio Ramosning kubokni qo‘lidan tushirib yuborganida “ilohiy” xabarni ko‘rib, qo‘ldan tushgan kubok albatta “Barsa” g‘alabasiga ishora ekanini aytmoqdalar.

O‘zimiz guvohi bo‘lganday bu ikki futbol jamoalari tarixi yaxshi bilan yomonning yoki kuchli bilan kuchsizning o‘rtasidagi bellashuv emas, balki, yevropaning qolavyersa dunyoning eng kuchli, ko‘pchilikka suyukli ikki jamoalari o‘rtasidagi bellashuv qatori baholanadi.

Maqolani bloggerimiz Dilmurod tayyorladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG