Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:56

Blog: Fohishalikka qarshi kurashmi yoki...


"O‘zbekistondagi yoshi 35ga yetmagan ayollar, turmush qurmagan qizlar endi chet elga chiqishi qiyinlashadi", degan xabarlar tarqadi.

Men ham o‘zbekistonlik bo‘lganim uchun bu xabar negadir ajablantirmadi.

Aslida o‘zbek qiz-juvonlariga chet el safariga chiqish azaldan qiyin. Esimda, bundan 5 yil ilgari ish safari bilan chet elga chiqishga to‘g‘ri kelgan edi. OVIRga borib yig‘iladigan hujjatlarni so‘radim. Ota-onam notariusga borib, menga rasman ruxsat berishganini tasdiqlatib bir parcha qog‘oz berishdi. Shundan so‘ng ham bir qancha vaqt yashil ruxsatnomani kutishga to‘g‘ri keldi.

Bir qancha fohishalik bilan shug‘ullanadigan qizlarni tanir edim. Ularning OVIR olish ishi ham oson edi.Tanish mayorga 100 dollar evaziga shu ruxsatnomani bir haftada olganiga ham guvoh bo‘lganman.

O‘zbekiston "odam savdosiga qarshi choralar" bahonasida ko‘rayotgan bu tadbir aslida yangilikmi?

35 yoshgacha bo‘lgan qiz-juvonlarni fohishalik yo‘lidan saqlab qolish uchun qilayotgan bu ishlari aslida ish safariga, qarindosh-urug‘ini ko‘rgani, yoki dam olishga, o‘qishga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qizlarni qiynash tartibimi?

Axir fohishalik qilgani otlanayotganlar baribir bu ruxsatnomani pora berib oladi!

Kimni aldayapmiz? O‘zimiznimi? Yoki doimgidek qog‘ozbozlik, nomigagina ishlarni olib borayapmizmi? Bu bilan poraxo‘r mayoru, kapitanlar OVIR idorasida kamayarmidi?
XS
SM
MD
LG